-shar//-shär affiksi besher sonining morfologik jihatdan noto‘g‘ri ajratilishi natijasi deb hisoblanadi: besher→be-sher (beshtadan). -ar//-ärning kelib chiqi-shini V.Bang to‘g‘ri izohlagan. U ushbu affiksni qadimgi jo‘nalish kelishigi qo‘-shimchasi -g‘aruning ko‘rinishidan yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ar//-är bilan bog‘laydi.
Taqsim sonlar hosil qilishda chiqish kelishigi qo‘shimchasidan ham foydalaniladi: olt. yekiden (ikkitadan), tuv. birden(bittadan), turkm. ikiden (ikkitadan), qoz. yekiden yoki yekewden. O‘zbek tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi -ta affiksi bilan hosil qilingan dona sondan keyin qo‘shiladi: bittadan//birtadan, ikkitadan kabi.
Yoqut tilida taqsim sonlarni hosil qilishda -lї affiksi ishtirok etadi: ikkili (ikkitadan), altalї (oltitadan). Buning kelib chiqishi ma’lum emas.
8. Kasr sonlar. Turkiy tillarda kasr sonlar turli usullar bilan hosil qilinadi. Ularni hosil qilishda o‘rin kelishigi shakllari ishtirok etishi mumkin: ozarb. dörtdä bir (yoki), shuningdek, chiqish kelishigi shakli bilan hosil qilinadi: qum. ekiden bir, tat. yoshtan iki kabi. Ayrim turkiy tillarda, ko‘pincha, izofali konstruksiya qatnashadi: uyg‘. bäshniñ ikisi, üshtin biri kabi.
Bir qator turkiy tillarda kasr sonning ikkinchi komponenti shakli sifatida miqor sonlarning birikmalaridan foydalaniladi. Bunday birikmalarning ikkinchi qismida -lїq//-lik yoki kichraytirish affikslari bo‘lishi mumkin: olt. eki altїlїk, tuv. bir onchuq singari.
Chuvash tilida kasr sonning ikkinchi komponenti tartib son shakliga aylanadi: ikki vis‘s‘imish kabi.
Demak, turkiy tillarda sonlar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bu turkumdagi so‘zlarning ayrim turkiy tillarda qadimiy variantlari saqlagan bo‘lsa, ba’zilarida son so‘z turkumida biroz o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. Turkiy tillardagi sonlarning umumiy xususiyatlari.
2. Birinchi o‘nlik birliklarining talqini.
3. Ikkinchi o‘nlik sonlari.
4. Taxmin sonlar.
5. Tartib sonlar.
6. Jamlovchi sonlar.
7. Taqsim sonlar.
8. Kasr sonlar.