kech→keche+jo‘nalish kelishigi affiksi
kechqurun bayaq baya bayaqï bayag‘anaq, baynaqVaqtni anglaradigan dastlabki ravishlar shunday ma'noni bildiradigan boshqa otlardan hosil qilinadi: kün, tün, yïl, ög (vaqt, zamon), tañ va hokazo. Bularning ko‘pchiligi umumturkiy bo‘lib, bobotilning parchalanib ketishidan avval bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan: bir küni, bul kün, kündä (har kun), künün (bir kun davomida), kündüz, bügün, kündän küngä (kundan kunga) kabi. Bulardan umumutrkiy bobotil elementlari sifatida quyidagilarni ko‘zrsatish mumkin: kündüz~chuv. kändäz (kunduz), q.tur. kündüz//küntüz, kün+tüz (to‘g‘ri), o‘r. q.tur. kün ortu, tur.(dial.) künorta (tush payti, quyoshning o‘rtaga kelishi) kabi.
Dastlabki o‘rin ravishlari-makon ma'nosidagi otning ajralgan formalaridir. Bunday otlarning ko‘pchiligi, ayni paytda, holat ravishi bo‘lib keladi.
Turkiy bobotil davrida fe’l ancha rivojlangan so‘z turkumi hisoblanadi. Hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonni ifodalaydigan fe’l zamonlari mavjud bo‘lgan. Bu davrda fe’l yasovchi affikslar, fe’l nisbatlari taraqqiy etgan. Ot so‘z turkumidan farqli o‘laroq, fe’l o‘zining inkor formalariga ega bo‘lgan. Ba’zi fe’l zamonlari formalari asosida fe’ldan yasalgan otlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘tgan zamonning -dї//-di ko‘rsatkichlari hali ta’kidlangan davrdayoq haqiqiy fe’l shaklida edi.
Bunday muayyan faktlarga qaramasdan, turkologiyada ot va fe’lni o‘zaro farqlamaslik gipotezasi mavjud edi.
Ana shu gipotezani tasdiqlash maqsadida ayrim turkologlar ot va fe’l o‘zaklaridagi tovushlar muvofiqligi hodisasidan foydalanadilar. Chunonchi, ozarb. aj (ochlikni sezish)~aj (och), don (sovqatish)~don (sovqatmoq), gag. kaz (qazmoq)~kaz (dastaki so‘qa, ketmonsimon asbob), qirg‘. sez (sezmoq)~sez (sez, his-tuyg‘u), toy (to‘ymoq)~toy (bazm, ziyofat) kabi.
Bunday misollarni yanada ko‘plab keltirish mumkin. Ammo bu gipotezaning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Sababi har til o‘zining yorqin ifodalangan maydon strukturasiga ega. Bu tilning har bir elementi o‘zining qat’iy tavsiflanadigan va muayyan harakat qilish sohasiga ega.