Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


ö>ü. Ushbu fonetik hodisa tatar va boshqird tillari uchun xosdir: köp



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə28/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

ö>ü. Ushbu fonetik hodisa tatar va boshqird tillari uchun xosdir: köp (ko‘p): no‘g‘., turkm., olt., qoz., q.qalp., o‘zb. köp, tat., boshq. küp; öch (o‘ch olmoq): olt., qum., ozarb., o‘zb., turkm., tur. öch; no‘g‘. ösh, tat. üsh, boshq. üs; kör (ko‘rmoq): qirg‘., o‘zb., no‘g‘., qoz., q.qalp., q.balq., olt. kör, tur., ozarb., gör, boshq., tat. kür.
Tatar va boshqird tillaridagi qadimgi turkiy ö ning ü ga o‘tishi oning u ga o‘tishi bilan bog‘liq.
Bobotil davridagi ö ifodalanishi chuvash tilida ancha rang-barangdir: ö>u: köz, chuv. kus; o>ь: kök (ildiz) va chuv. kъk; ö>i: köpür (ko‘prik), chuv. kiber: ö>i: böz (kanopdan to‘qilgan mato) chuv. pir.
ö>o. Qrimtatar tilida ö kuchli depalatallashgan o ga o‘xshagan ö ga aylanadi: qr.tat. koy (qishloq), ammo tur. köy, qr.tat. köz (ko‘z), tur. göz, qirg‘. köz, qr.tat. göl (ko‘l), tur. göl, qr.tat. öz (o‘ziniki), tur. öz. Bunda depalatallashuv qaraim tilining qrim dialektida kuzatiladi: qr.qar. göz (ko‘z)< köz.
O‘zbek tilida ayrim holatlarda ö kuchli reduksiyaga uchraydi. So‘z boshida bobotil davridagi cho‘ziq ö: ning so‘z boshida saqlanganligini turkman tilida ko‘rish mumkin: kö:l (ko‘l): turkm. gö:l; kö:k (ko‘k): turkm. gö:k; bö:l (bo‘lmoq) turkm. bö:l; kö:n (ko‘n-teri): turkm. gö:n; tö:sh (ko‘krak, to‘n) turkm. dö:sh; sö:k (so‘kmoq): turkm. sö:k; ö:t (odam organizmi), turkm. ö:t; ö:l (ho‘l): turkm. ö:l.
ö:>üö. Bu fonetik hodisa yoqut tilida sodir bo‘lgan: kö:l (ko‘l): turkm. gö:l, yoq. küöl; tö:sh (to‘sh-ko‘krak): turkm. dö:sh, yoq. tüös; kö:k (ko‘k): turkm. gö:k, yoq. küöx; sö:k (so‘kmoq): turkm. sö:k, yoq. üöx; tö:rt (4): turkm. dö:rt, yoq. tüöt; ö:z (markaz): turkm. ö:z (o‘z), yoq. üös (markaz, o‘zak); ö:l (ho‘l): turkm. ö:l, yoq. üöl.
Chuvash tilida ayrim so‘zlarda boboturkiy ö: ъva ko‘rinishiga ega: kö:k (ko‘k): chuv. kъvak; tö:rt (4): chuv. tъadъ va hokazo.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin