Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


u:>u. Ko‘pchilik turkiy tillarda cho‘ziq u



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə30/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

u:>u. Ko‘pchilik turkiy tillarda cho‘ziq u: boshqa cho‘ziq unlilar kabi, qisqa uga aylangan: bu:z (muz): uyg‘., qirg‘. muz, q.balq., qar., gag., qum., tur., ozarb. buz, xak. pus; tu:z (tuz): uyg‘., qum., qirg‘., kar., tur., q.balq. tuz, olt. tus, ozarb. duz.
Xuddi shu usul bilan cho‘ziq u qisqargan: chuv. pъr (muz)tat. tъzva hokazo.
So‘z oxirida affikslarda cho‘ziq u turkiy bobotilda uchramaydi.
Ayrim turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ikkilamchi cho‘ziq u: muayyan tovushlar guruhi qisqarishi natijasida vujudga kelgan: gag. bu:l (nafasi tiqilmoq, hovliqib ketmoq)(tug‘moq)(bug‘)qirg‘. tu: (bayroq)(olmoq)qirg‘. su: (suv), yoq. u:qirg‘. u:l (o‘g‘il)(to‘g‘ri)
So‘z boshida bobotildagi uning saqlanishi ozarbayjon, turk, turkman, qumiq, qirg‘iz, balqar, gagauz, qaraim, oltoy, xakas, shor, uyg‘ur va yoqut tillarida kuzatiladi: kül (kulmoq): q.turk. kül, qirg‘., qum., olt., o‘zb., q.balq., uyg‘., ozarb., yoq., xak. kül, tur., turkm. gül; yuk (izg‘irin, qor bo‘roni, yuk): q.tur., turkm., o‘zb., qum., tur. yuk; olt. dük, xak. chük, q.balq. yuk; yurak (yurak): q.tur. yüräk, no‘g‘., qum., tur. yürek, q.balq., qarg‘., yürek, ozarb. yürak.
Qisqa ü eski turkiy tillarda ham mavjud edi: qad.uyg‘. jurek (yurak).
ü>yo. Tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida bobotil davridagi ü ochiq reduksiyaga uchragan ü va ö oralig‘idagi old qator unliga aylangan (yo): ku:n>kün; tur., ozarb. gün, qum., qirg‘., xak., tuv. kün, tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘. kёn; kul (kul, pepll): tur., ozarb., turkm., qum., olt. kül, tat., boshq., qoz., no‘g‘., q.qalp. kёl, tüsh (tushmoq): turkm., tur., ozarb. düsh, qum., qirg‘., olt. tüsh, xak. tüs, tat., boshq. tesh, qoz., no‘g‘., q.qalp. tes.
Bobotil davridagi üning chuvash tilida boshqacha ifodalanishini ko‘rish mumkin. Ko‘pincha, ü>i: tütün (tutun), chuv. tidim; yu:z (100)>yuz, chuv. sir. Bu chuvash tilidagi keyingi paytlardagi tovush o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi, ehtimol.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin