Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


i>e. O‘zbek tilida oxirgi ochiq bo‘g‘inda i



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə33/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

i>e. O‘zbek tilida oxirgi ochiq bo‘g‘inda i ochiq e unlisi xususiyatiga ega: kelde (keldi); kishe (odam) va hokazo. Ushbu holat uyg‘ur va tatar tillarida ham kuzatiladi.
Cho‘ziq i: turkman va yoqut tillarida saqlangan: ki:r (kirmoq): yoq. ki:r, turkm. gi:r; bi:r (1), yoq. bi:r; bi:l (bel): yoq., turkm. bi:l; ti:z (tez): turkm. ti:z: t ї:sh > ti:sh (tish): yoq. ti:s, turkm. di:sh.
Chuvash tilida cho‘ziq ining turli ifodalanishi uchraydi.
i:>i. Qolgan turkiy tillarda, asosan, cho‘ziq i:ning qisqarishi sodir bo‘lgan: yoq. bi:r (1), ammo tur., ozarb., tuv., gag., olt. bir; turkm. di:sh (tish), yoq. ti:s, ammo tur., ozarb., gag. dish; qum., olt., qar. tish. Qisqargan i, keyinchalik, xuddi i kabi, o‘zgarishga uchragan: tat. bir (1)
Ayrim turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ikkilamchi cho‘ziq i tovushlar guruhi tortilishi natijasida vujudga kelgan: gag. di:sh (ayirboshlamoq)(yaxshi)xak. izi:m (eshigim)tur. birli (uning ittifoqi)
Turkiy bobotilda diftonglar mavjud bo‘lib, uning ikkinchi komponenti y(i) bo‘lgan. Birinchi komponent cho‘ziq yoki qisqa unlidan iborat bo‘lishi mumkin. Diftonglar uncha ko‘p ishlatilmagan. Ularning birinchi komponenti muayyan tildagi unli qanday o‘zgarishga uchragan bo‘lsa, shunga muvofiq o‘zgargan. Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
ay: qayda (qayerda), qr.qar. qayda, tat. qa°yda, qoz., qum., o‘zb., q-qalp. qayda, xak. xayda, qirg‘. kayda va hokazo; ay (oy): ozarb., olt., q.qalp., qirg‘. ay, tat. a°y;
ay: q.tur. keyik (kiyik): chuv. kayъk (yovvoyi hayvon), qirg‘. kiyik (hayvon), tat. kiäk (ovlanadigan qush):
oy: tat. uyna (o‘ynamoq): qirg‘., olt. oyno, qar., tur., xak., qoz., tuv. oyna.
Hozirgi turkiy tillarda diftonglarning ko‘pchiligi vujudga kelishi jihatdan ikkilamchidir: tat., qum., qirg‘. ayg‘їrtat. a°yrьm (ayrim): qirg‘. ayrїm< az‘rїm; ozarb. däy (tegmoq)qum. büyrek (buyrak)tat. tёyma (tugma)tur. bey (janob)va hokazo.
Bundan tashqari, yolg‘ondakam deb nomlangan diftonglar ham mavjud: tat. ta°w (tog‘), qoz. taw, boshq. hъw (suv), tat. kiäw (kuyov), q.qalp. bug‘aw (kishan) va hokazo. Bularda bilabial v (w) bilan unlining birikishi sodir bo‘lgan.
Ayrim unlilar, ayniqsa, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy va qorachoy-balqar tillaridagi o, ö so‘z boshida diftongoid talaffuzga ega: q.qalp. uorьn (o‘rin), uoq (o‘q), q.balq. uot (o‘t-olov), uon (10), qoz. uoraq (o‘roq) va hokazo. Bunday talaffuz o‘zbek tilidagi singarmonizmli shevalarda ham kuzatiladi. Diftongoid talaffuz, ko‘pincha, e unlisiga xosdir.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin