Rossiya
TIPI “Iqtisodiyot” fakulteti 22/1 guruh talabasi Mamatmurotov Erkin
Rossiya (ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk),
49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.
Poytaxt
|
Moskva
|
Eng katta shahar
|
Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Omsk va boshqalar
|
Rasmiy til(lar)
|
Ruscha
|
Hukumat
|
Aralash Respublika
| | |
• Prezident
|
Vladimir Putin
|
• Hukumat Raisi
|
Mixail Mishustin
|
• Federatsiya kengashi raisi
|
Valentina Matviyenko
|
• Davlat dumasi raisi
|
Vyacheslav Valodin
|
• Oliy sud raisi
|
Vyacheslav Lebedov
|
• Konstitutsiyaviy sudi raisi
|
Valeriy Zorkin
|
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
| | | |
• Sana
|
24-avgust 1991
|
Maydon
| |
• Butun
|
17,098,246 km2 (1-oʻrin)
|
• Suv (%)
|
13 [1]
|
Aholi
| |
• 2022-yilgi roʻyxat
|
145,478,097 kishi (Qrim bilan)[2] 143,054,637 (Qrimsiz)[2] (9-oʻrin)
|
• Zichlik
|
8,36/km2
|
YIM (XQT)
|
2022-yil roʻyxati
|
Pul birligi
|
Rus Rubli (RUB)
|
Vaqt mintaqasi
|
UTC+2...+12
|
Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Dostları ilə paylaş: |