Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar
Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar, geomorfologik strukturalar haqida so’z boradi. MA’RUZA №2 RELYEF TO’G`RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja: 1. Relyef - geomorfologiyaning tekshirish obyekti va landshaftning yetakchi komponenti, relyef shakllari va elemetlari
2. Relyefning morfometriyasi va morfografiyasi. Relyef genezisi.
3. Relyef hosil qiluvchi omillar. Geomorfologik strukturalar
1-REJA: Relyef - geomorfologiyaning tekshirish obyekti va landshaftning yetakchi komponenti, relyef shakllari va elemetlari Relyefning ilmiy ta’rifi: tuzilishi, kattaligi, kelib chiqishi xilma-xil bo`lgan va turli rivojlanish bosqichdagi yer yuzasining tashqi qiyofasini relyef deb ataladi. Relyef ko`rinishi alohida shakl yoki qiyofadan iborat bo`lib, bu qiyofa o`z navbatida relyef elementlaridan tuzilgan; relyef qiyofasining bir-biroviga o`xshash ko`rinishlari ma’lum yuzalarda uchrasa, ular relyef tiplari deb yuritiladi. Unga ana shu belgilarga qarab nom beriladi.
Relyef shaklideganda turli geometrik ko`rinishdagi tabiiy va sun’iy yuzalar tushuniladi. Masalan: tekis yuza, qiya yonbag`ir, qabarib chiqqan joy, botiq shakllarini ko`rish mumkin. Tekis yuza tabiatda kamroq uchraydi. Bunday yuzalarni botiqlarda, sho`rxoklarda uchratish mumkin. Tekis yuzalar ma’lum tomonga qarab qiya bo`ladi. Masalan: Buxoro deltasi Qorakul deltasi tomon qiya. Atrofga nisbatan pasaygan yuzalar botiqlar deyiladi.