Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə6/11
tarix28.12.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#78057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-ma`ruza. Relyef to’g`risida umumiy ma’lumot

1) Relyefning “yoshlik davri”
2) Relyefning “o`rta yoshlik davri”
3) Relyefning “keksalik davri”
Relyefning bu stadiyalari geoxronologiya bilan bog`liq bo`lmagani uchun relyefning evolyutsiyasini aniqlashda foydalanib bo`lmaydi. Geologik jihatdan relyef yoshini aniqlaganda nisbiy va mutloq yosh hisobga olinadi.
Nisbiy yosh aniqlansa pleystotsenning oxiri golotsenning boshi deb hisoblanadi, ya’ni relyef rivojlanishidagi ma’lum bosqich tushuniladi. Agar mutloq yoshi hisoblansa yil, ming yil, million yil, ya’ni tekshirilayotgan shaklning dastlab paydo bo`lgan davridan hozirgi vaqtigacha o`tgan geologik davr tushuniladi.
Yu.F.Chemakov relyefning uch yoshini bergan:
1) Paydo bo`lish davri.
2) Relikt holatga o`tish davri.
3) Yer yuzasidan butunlay yemirilib ketish davri.
Yu.F.Chemakov relyef yoshini formula asosida ko`rsatishni tavsiya qilgan.
Rg13 Ù N11 Ú Q4 ®
Bu yerda Ù - relyefni rivojlanish fazasi, Ú- relyefni pasayishi, ya’ni regressiv fazasi, ® relyef rivojlanishini tugamaganligini ko`rsatadi. Formula quyidagicha o`qiladi: O`rganilayotgan relyef shaklini paydo bo`lishi oligotsenning boshlarida va aktiv rivojlanishi to miotsenning boshlarigacha, relikt holatda regressiv fazada rivojlanishi hozir ham davom etmoqda. Ma’lum relyef shakli uzoq vaqt davomida hosil bo`lgan bo`lsa 2 ta indeks bilan ko`rsatiladi.
P13-N11
Xuddi shunday relikt holatda yo’qolib ketishi ham 2 ta indeks bilan ko`rsatiladi.
N11-Q4
Agar relyef shakli juda tez yuzaga kelgan bo`lsa, masalan: vulkan konusi, kaldera, o`pirilish, siljish va hokazolar bitta indeks bilan ko`rsatiladi. Masalan:
N11
Agar relyef yoshini aniqlab bo`lmasa, uni geologik yoshi hisobga olinadi. Relyefni geologik yoshi deganda ma’lum relyef shaklini paydo bo`lib, relekt holatiga o`tish vaqtigacha bo`lgan davr hisobga olinadi. Relyefni geologik yoshi 1 indeks bilan belgilanadi:

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin