Bunda morfogenezni endogen va ekzogen kuchlar o`rtasida taqsimlanishi hisobga olingan. Buni 3 xil ko`rinishi mavjud:Ko`tarilish tezligi katta (yemirilish va kuchirishga nisbatan). (+T>D) (T- tektonik harakat intensivligi, +T - ko`tarilish, T- cho`kish, K tektonik harakat turg`un holatda, D- denudatsiya intensivligi.) Bu holat relyefni yosharish davriga to`g`ri keladi.
2) Ko`tarilish va denudatsiya tezligi bir xil(+T+D)
3) Ko`tarilish tezligi kichik, denudatsiyaga nisbatan (+T< D), cho`kish tezligi kichik denudatsiyaga nisbatan (-T< D), tektonik harakat sekinlashadi (+T< D).
E
ndogen jarayonlar ta’sirida hosil bo`ladigan relyef elementlari ekzogen omillar ta’sirida o`zgartirib boriladi. Ekzogen kuchlar ta’sirida relyefni morfoskulptura elementlarining paydo bo`lish jarayoni quruqlik va okean ostida bir xilda ta’sir qiladi. Relyefni hosil qiluvchi omillar tog` jinslarining geologik tuzilishi ximiyaviy - fizikaviy xossalari, yerning harakati, atmosfera, gidrosferaning ta’siri, bioximik va denudatsiya jarayonlaridan yuzaga keladi.
3-REJAGA OID TEST Ko`tarilish va denudatsiya tezligi bir xil bo’lsa qanday ko’rsatiladi? (+T+D)
(+T>D)
(+T< D)
(-T< D)