N11 Relyefni yoshini aniqlash uslubi 3 ga bo`linadi:
1) Geologik.
2) Geomorfologik.
3) Biogeografik.
Geologik uslublar orqali relyefni yoshi va uni tavsifi paleontologik uslub orqali, ya’ni qatlamlar orasidagi hayvon va o`simliklar qoldiqlari orqali aniqlanadi. Mutloq yoshi relyefni radioaktiv izotoplar (uglerod, radiy, toriy, uran) orqali aniqlanadi. Geologik uslub ko`p tarmoqli bo`lib, ulardan birinchisi fatsial uslub, ikkinchisi anolog yoki o`xshashlik usuli bo`lib taqqoslash orqali yoshi aniqlanadi. Masalan: akkumulyativ relyef shakllarining yoshini geologik uslublar bilan aniqlash mumkin. Chunki tog` jinsining yoshi bilan relyef tiplarining yoshi mos keladi. Lekin denudatsion relyef shakllar paleogeomorfologik uslub yordamida aniqlanadi.
Paleogeomorfologik uslublar juda ko`p tarmoqlardan iborat. Korrelyatsiya (o`zaro bog`liqlik) usuli ham yotqiziqlarni paleontologik hamda o`xshashliklari hisobga olib yoshi aniqlaydi.
Geomorfologiyada ham geologiya fanidagidek “nisbiy va mutloq” relyef yoshi tushunchasi ishlatiladi. Relyefning nisbiy yoshi deganda relyef shaklining muayyan rivojlanish bosqichi tushuniladi. Relyefning nisbiy yoshi relyef shakllarini qiyoslash va tog` jinslarining yoshini aniqlash uslublari yordamida aniqlanadi. Shu yo`l orqali qayta jihozlangan relyef shaklini yoshini aniqlashni K.K. Markov taklif qilgan. Relyefning mutloq yoshini aniqlashda radiouglerodli uslubdan foydalanib 12 ming yilgacha tarkib topgan relyef shaklini yoshini tiklash mumkin. V.M. Devisning fikricha: har qanday relyef shaklining rivojlanishi bosqichli jarayonlardan iborat. Masalan: errozion sikl davomida keksalik bosqichi daryo hayotida eng muhimi deb hisoblaydi.
Biogeografik uslublarda ko`pincha paleontologik usul orqali yoshi aniqlanadi.
2-REJAGA OID TEST Okeanning necha metr chuqurligdagi oralig`i eng katta maydonni egallaydi? 4000-5000
3000-4000
5000-6000
1000-2000