Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə10/11
tarix28.12.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#78057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-ma`ruza. Relyef to’g`risida umumiy ma’lumot

Geotektura (lotin so`zi bo`lib - “yirik qoplam”) ya’ni materik ko`tarilmalari, okean botiqlari, yirik tog` va yassi tog`liklar, tekislik o`lkalari kabi relyef shakllari tushuniladi. Ularni hosil bo`lishi faqat endogen kuchlar bilan bog`liq. Bu so`zni 1946 yilda akademik I.P.Gerasimov va Yu.Mesheryakovlar fanga kiritganlar.
Morfostruktura - relyefning ikkinchi darajali shakllari bo`lib, hosil qiluvchi endogen va ekzogen omillarning birgalikdagi ta’sirida, ayniqsa endogen omilning yetakchi roli ta’sirida vujudga kelgan yirik relyef shakllari: tog` zanjirlari, tog` tizmalari, tog` vodiylari, qirlar, platolar, pasttekisliklar va boshqalar.



Morfoskulptura - relyef hosil qiluvchi, asosan tashqi omillar (oqar suvlar, yer osti suvlari, shamollar, muzliklar, doimiy muzlik lar, nurash va boshqalar) ta’sirida paydo bo`lgan qiyosan kichik relyef shakllari. Masalan: jar, yassi jar, morena tepaligi, barxan, dyuna, do`ng qum, karst varonkalari va hokazolar.
Shunday qilib, ichki kuchlar morfostruktura elementlarini yuzaga keltirib, yoshartiradi va relyefni bo`ylama qiyofalarini hosil qiladi. Tashqi kuchlar haykaltaroshga o`xshab, jinslarni qattiq yoki yumshoqligiga qarab turlicha tezlikda yemirib, pasaytirib boradi va nisbatan chuqurroq yuzalarni to`ldiradi, oqibatda enlama relyef shakllari paydo bo`lib boradi.
Tektonik harakatlar natijasida yer yuzasini o`zgartirishdan yuzaga keladigan relyef shakllari va elementlarini o`rganuvchi fan morfotektonika yoki orotektonikadir. O`rganiladigan yer yuzasining relyef shakllarini paydo bo`lishi yangi yoki neotektonik etaplarda yuzaga kelganini (ya’ni paleogen va neogen chegaralarida) 1937 yilda S.S.Shuls “eng yangi tektonika ” deb atashni tavsiya qilgan. Chunki bu tektonik harakatlar hozirgi zamon relyef ko`rinishlarini yuzaga keltirgan. 1948 yilda V.A.Obruchev bu atamani “neotektonika” deb atashni tavsiya qildi va u neogenni oxiridan to`rtlamchi davrning birinchi yarmigacha bo`lgan davrni hisobga oldi. Hozirgi zamon relyef shakllari asosan neogen va to`rtlamchi davrlarda yuzaga kelgan deb qaraladi. Hozirgi vaqtda yangi strukturalar ajratilib, ular “hozirgi tektonika” deb yuritiladi. Bu relyefni ko`tarilishi, cho`kishi va boshqa holatlar o’lchov asboblari yordamida o`lchash orqali aniqlanadi.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin