3-REJA: Relyef hosil qiluvchi omillar. Geomorfologik strukturalar Relyef hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi relyefini yuzaga kelishida quyidagi omillarning o`rni katta:
a) Iqlimiy xususiyatlari.
b) Geologik strukturasi (tuzilishi).
v) Tog` jinslarining xususiyati.
g) Endogen kuchlar.
d) Ekzogen kuchlar.
Bular asosiy relyef hosil qiluvchi omillar bo`lib, ular orasida yetakchisi endogen kuchlar hisoblanadi. O.K.Leontev va G.I.Richagovlar relyef hosil qiluvchi omillarni qaysi biri relyef shakllarining zonal tarqalishiga sababchi bo`ladi?, deganda ular iqlimiy omillarni ko`rsatganlar. Iqlimning relyef hosil qilishdagi rolini V.Penk chuqur o`rganib, 3 iqlim tipiga ajratgan. Uni I.S.Shukin to`ldirib 4 iqlim tipiga bo`lgan:
1. Nival.
2. Qutbiy.
3. Gumid.
4. Arid.
Nival iqlim tipi ta’sirida yuzaga kelgan relyef shakllari ko`pincha muzlik bilan bog`liq. Masalan: kar, trog, morena, zondra maydonlari.
Arid iqlimda ko`pincha eol ta’sirida yuzaga keladigan relyef shakllarini aytib o`tish mumkin.
Gumid iqlim tipida namgarchilik yoki suv bilan bog`liq relyef shakllarini ko`rish mumkin. Masalan: botqoq tekisligi, vodiy, terrasa va hokazo.
Tog` jinslarini o`rganib chiqsak, deyarli hammasi ham nuraydi. Lekin shular orasida tuzlar va kaltsiy- karbonatli jinslar juda tez erib ketadi. Yer shari quruqligining qariyb 40% maydoni asosan shunday polimineralli, ya’ni ko`p elementlardan tarkib topgan: CaCO2 , NaCO2 va hokazo.
Intruziv va effuziv, metamorfik cho`kindi tog` jinslari ancha keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Intruziv yo`l bilan tarkib topgan tog` jinslari cho`kindi tog` jinslariga nisbatan uzoq saqlanadi. Masalan: platformaning ko`tarilib qolgan joylari qalqonlar asosan arxey va praterazoyni intruziv jinslari bo`lgan bazalt va granitdan tuzilgan. Jar va surilmalar asosan lyossli jinslarda yuzaga keladi va o`z qiyofasini ancha tez o`zgartiradi.
Geologik struktura deganda (Ustyurt platosi, To’rg’ay supasimon o`lkasi, Farg`ona vodiysi) o`ziga xos geologik sharoitlarda paydo bo`lgan shakllarni ko`z oldimizga keltiramiz. Yuqorida ko`rib o`tilgan omillar quruqlikda, okean tubida, oraliq zonalarda har xil quvvat bilan ta’sir qilishini hisobga olib relyef qiyofalari bir-biridan quyidagicha ajratiladi va yer yuzasini 3 relyef tipiga bo`lib o`rganiladi:
1) Yer po`stini materiklar tipi relyefi - quruqlik relyefi. 2) Yer po`stini okean tipi relyefi-okean tubi relyefi. 3) Yer po`stining oraliq sohil bo`yi tipi relyefi- materik sayozligi, yonbag`ri va etagi, orol hamda orollar tizimi kiradi.