Ma`ruza-1
DEXQONCHILIKDA BEGONA O`TLARNI O`RGANISH VA ULARNING ZARARI
Reja:
Begona o`tlarning dexqonchilikdagi zarari
Begona o`tlar klassifikatsiyasi
Begona o`tlarga qarshi kurashish choralari va gerbitsidlar haqida tushuncha
Begona o‘t haqida tushuncha o‘simlik dunyosida madaniy o‘simlik bilan bir qatorda begona o‘t ham uchraydi. Madaniy o‘simliklar ham aslida begona o‘tlar ichidan u yoki bu xususiyatiga ko‘ra ajratib olinib inson ehtiyeji uchun foydalanishga uzoq ming yillar davomida moslashtirilgan. Begona o‘t deb ajralgan o‘simliklar minglab yillar davomida mavjud o‘simliklar florasida katta o‘zgarishlarsiz o‘sib rivojlanib kelmoqda. Madaniy o‘simlik ichida yashab, uning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘simliklarga begona o‘tlar deb ataladi. Begona o‘tlar ekinzorlarda madaniy o‘simliklarga qaraganda yaxshiroq va erkinroq o‘sib rivojlanadi. Ammo madaniy o‘simlik paykali ichida asosiy o‘simlikdan tashqari uchraydigan madaniy o‘simlikka ham begona o‘simlik deb qaraladi. Masalan, bug‘doy maydonlarida arpa yoki suli o‘simligi uchrasa yoki arpa ichida bug‘doy o‘simligi unib chiqsa, bu holatga ham begona o‘simliklar deyiladi. Begona o‘tlar hamma vaqt ham madaniy o‘simliklarga qaraganda yaxshiroq o‘sadi, ularning hosildorligini va hosilining sifatini ham pasaytiradi.
Dehqonchilikda ko‘pgina madaniy o‘simliklarning o‘z begona o‘tlari bor, ular asosan bir xil o‘simliklar ichida o‘sib rivojlanadi. Masalan, bug‘doy ichida yovvoyi suli, paxta ichida sho‘ra, sholi ichida kurmak va hokazolar. o‘rganishlar natijasida shu narsa ma’lumki, yovvoyi qora suli asosan lalmi maydonlarda juda ko‘p uchraydi, uning urug‘larining bir qismi bug‘doyga qaraganda tez pishib yetiladi va yerga to‘kiladi, bir qismi bug‘doy bilan birgalikda o‘rib olinib donni ifloslaydi. Makkajo‘xori yoki sholi maydonlarida yovvoyi suli mutlaqo uchramaydi. Yovvoyi suli biologik xususiyatlariga ko‘ra bug‘doyga yoki arpaga juda o‘xshash. Sholipoyada hamisha kurmak uchraydi, sholi donlarini kurmak urug‘lari ifloslaydi. Uning unib chiqishi, to‘plashi va boshqa rivojlanish fazalari sholinikiga o‘xshash. Shuning uchun ularning urug‘i deyarli bir vaqtda pishib yetiladi. Sulidan o‘ti ichida botanik belgilari juda o‘xshash bo‘lgan ko‘p yillik begona o‘t g‘umay uchraydi, yo‘ng‘ichqapoyalarda esa hamisha zarpechak urug‘lari uchraydi, chunki zarpechak bu o‘simlikda yaxshi rivojlanadi.
Begona o‘tlar tashqi muhitning noqulayliklariga madaniy o‘simliklarga ko‘ra chidamliroq bo‘ladi va tashqi muhitga tez moslashadi. Ular madaniy o‘simliklarga o‘xshab kuzgi, bahorgi, baland bo‘yli, ba’zan bir yillik ba’zan ikki yillik bo‘la oladi. Begona o‘tlarning asosiy xususiyati tashqi muhitga chidamliligi va moslashuvchanligidir. Ular tuproqdagi ozuqa moddalar va namdan yaxshiroq foydalanadi, madaniy o‘simliklarni soyalatib qo‘yadi va asta-sekin qurib qolishiga sabab bo‘ladi, bundan tashqari ular turli xil kasallik va zararkunandalarning ko‘payishi uchun eng yaxshi manba hisoblanadi. Begona o‘tlar ta’sirida bahorgi bug‘doy hosildorligi 28-30%, kartoshka 40-42%, makkajo‘xori 80-90%, g‘o‘za 20-28%, soya 30-35% ga kamayadi. Yovvoyi suli tuproqdan suvni 1,5 marta ko‘p o‘zlashtirib oladi. Qo‘ytikan o‘simligi tuproqdan azotni madaniy o‘simlikka nisbatan 1,5 marta, kaliyni 2 marta ko‘p o‘zlashtiradi. Yovvoyi qashqarbedaning ildizlari tuproq qa 5,5 m chuqurlikkacha kirib boradi, lalmi sharoitdagi begona o‘tlar sug‘oriladigan maydondagilarga qaraganda sustroq rivojlanadi. Sug‘oriladigan maydonlarda begona o‘tlar juda yaxshi o‘sib madaniy o‘simliklarni soyalatib, nimjonlantirib qo‘yadi va hosildorligini pasaytiradi.
Soyalatib qo‘yilganda tuproq harorati pasayib boradi, natijada tuproq mikroorganizmlarning faoliyati buziladi. Qo‘ypechak qaysi madaniy o‘simlik ichida uchrasa, uning poyalariga chirmashib poyadagi oziq moddalarni o‘zlashtirib uning yetib qolishiga sabab bo‘ladi, bu vaqtda fotosez jarayoni buzilib, xujayrlarda organik moddalarning to‘planishi susayadi, natijada 1000 dona urug‘ining vazni kamayib boradi. Begona o‘t urug‘i madaniy o‘simlik urug‘lari ichiga tushib qolsa, ajratib olish qiyin bo‘lganda sifatini buzadi, masalan biz un tayyorlamoqchi bo‘lsak arpa yoki suli ionlarining bo‘lishi hamirning sifatini buzadi yoki moy olinmoqchi bo‘linsa, kungaboqar yoki kunjut urug‘lari ichida boshqa urug‘larning bo‘lishi moy sifatini buzadi. Bundan tashqari begona o‘tlariing ayrimlarini chorva mollari iste’mol qilganda, ular beradigan mahcylotninig cifati ham buziladi. Masalan kakra o‘simligi sigirning go‘shti yoki sutiga achchiq ta’m beradi. SHuningdek shuvoq, yovvoyi piyoz, kavrak o‘simliklarini iste’mol qilgan hayvon mahsulotining sifati buziladi.
Begona o‘tlar ichida zaharli begona o‘tlar guruhi ham mavjud. Bu o‘simlikning poyalari va urug‘larida turli xil alkaloid, glyokozid, saponin va organik kislotalar mavjud. Matpit o‘simliklarning urug‘lari va poyalarini ifloslashi. Masalan g‘alla o‘simligi ichida (lalmi sharoitda) kampirchonon begona o‘ti ko‘p uchraydi, bug‘doy urug‘lari ichida 0,02% kampirchopon urug‘i aralashgan bo‘lsa, bu unni odamlar, hatto hayvonlar ham iste’mol qilish mumkin emas, bunday urug‘larni ekish ham man etiladi. Kampirchopon urug‘ida trixodesmin alkaloidi bo‘lib, undan odamlar zaharlanadi yoki bosh miya nerv to‘qimalari zararlangani uchun bir necha kun uxlab qolishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Ko‘k maraz begona o‘ti ham zaharli bo‘lib, sug‘oriladigan maydonlarda uchraydi, urug‘i donga aralashsa, og‘ir kasallikka, hatto o‘limga olib keladi.
Begona o‘t turli xil kasallik tarqatuvchi viruslar, bakteriyalar va hashoratlarning rivojlanadigan manbai hisoblanadi. Kuzgi to‘plam urug‘ini paxta, soya, lavlagi paykali yaqinidagi begona o‘tga qo‘yadi va asta-sekin rivojlanib asosiy o‘simlikka o‘tadi. Ituzum begona o‘ti kartoshkada rak bug‘doyda zang kasalligini keltirib chiqaradi. Qiltiq, temirtikan, qo‘ytikan begona o‘tlari hayvonlarning junini ifloslantirib, uning sifatini pasaytirib yoboradi, qiltiq mollarga mexanik shikast beradi, qo‘ylarning ko‘ziga, og‘iz-burniga, hatto o‘pkasigacha kirib sanchiladi, ba’zan o‘limga olib keladi.
Begona o‘t dehqonchilikda mexanizasiya ishlarini qiyinlashtiradi, ish organlarining sinib ketishiga olib keladi. Yerni haydashda toza dalaga qaraganda ish unumi 1,5 marta sust bo‘ladi, ildizpoyali begona o‘tlar katta zarar beradi. Demak barcha argotexnik tadbirlarning borishida begona o‘tlar to‘sqinlik qiladi, natijada mehnat unumdorligi kamayib, yetishtirilayetgan mahsulotningtannarxi oshib boradi.
Begona o‘tlarning biologik xususiyatlari. Dehqonchilikda begona o‘tlar tashqi noqulay muhitga o‘ta chidamli va moslashuvchan bo‘ladi. Ularning urug‘i turli yo‘llar bilan madaniy o‘simliklar orasiga tarqaladi. Dalani sug‘orish paytida suv bilan oqib keladi, shamol erdamida, qush va hayvonlar, texnika vositalarining g‘ildiraklari orqali madaniy ekinlar o‘sgan maydonga borib tushadi. Ular madaniy o‘simliklar bilan qo‘shilib o‘sib urug‘lari dalaga to‘kiladi, ba’zi holatlarda birga pishib hosil bilan yig‘ishtirib olinadi. Ayrimlarining urug‘lari ilashuvchi, yopishuvchi, shamolda uchib ketuvchi bo‘ladi. Xullas, ular turli xil yo‘llar bilan tarqalish imkoniyatiga ega. Masalan, oqsho‘ra begona o‘tining urug‘i XIX asrning oxirida Aqshdan kelib qolgan, bugo‘ngi kunda yer sharining hamma mintaqalarida uchraydi. Begona o‘t bir qit’adan ikkinchisiga o‘tib, ko‘payib, moslashib oladi. Ularning juda tezlik bilan ko‘payishiga sabab urug‘larining juda ko‘pligidir. Bir dona begona o‘t minglab dona urug‘ hosil qiladi, masalan oqsho‘ra 150 ming, achambiti yoki jag‘-jag‘ 70 ming, qizil sho‘ra 600 ming, yovvoyi suli 600 donagacha urug‘ hosil qiladi. Urug‘lari bir tekisda unib chiqmayli, agar ular birdaniga unib chiqqanda, ularni undirib yo‘q qilish mumkin edi.
Respublikada eng ko‘p tarqalgan begona o‘tlarni Q A. Egamqulov biologik belgilariga ko‘ra quyidagi guruxdarga buldi.
Begona o‘tlarni o‘suv davrining davompyligiga, oziqlanishiga qarab guruhlarga bo‘lamiz, biz ularni yaxshi bilganimizdagina ularga qarshi kurasha olamiz.
Dostları ilə paylaş: |