Ma`ruza-1 dexqonchilikda begona o`tlarni o`rganish va ularning zarari reja



Yüklə 244,86 Kb.
səhifə7/7
tarix31.01.2023
ölçüsü244,86 Kb.
#81887
1   2   3   4   5   6   7
1-лекция

Yovvoyi o‘simliklar tabiatda keng tarqalgan o‘simliklar (6-rasm). Yovvoyi o‘simliklar cho‘llardagi kata-katta maydonlarda saksovulzor, qandimzor, shuvoqzor, ilakzorlarni, tog‘li rayonlarda archazor, yongo‘qzor, pista va bodomzorlarni hosil qiladi. Xilma-xil yovvoyi mevali (olma, tog‘ olcha nok do‘lana), yem-xashak (beda, yo‘ng‘ichqa, oqso‘xta, bug‘doy) va dorivor (erchoy, tog‘ rayhon) o‘simliklar ham ko‘p. O‘zbekistonda 137 oila 1023 turkumiga birlashgan 4200 ta cha yovvoyi o‘simliklar turi bor. Yovvoyi o‘simliklardan bizda, asosan murakkabguldoshlar (Compositae), dukkakdoshlar (Liguminosae) boshoqdoshlar (Graminsae), soyabonguldoshlar (Umbelliferae), labguldoshlar (Labiatae), piyozguldoshlar (Liliaceae), ra’noguldoshlar (Roseaceae) va boshqalar tarqalgan. Yovvoyi o‘simliklar dorivor, oziq-ovqat va yem-xashak o‘simligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Qo‘rtana, ayiqtovon va boshqa o‘simliklar tarkibida glyukozid ko‘pligidan mollar uchun zaharli hisoblanadi.
BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARI.Kuzgi shudgorni sifatli o‘tkazish. Bunda plugning chimqirqarlarini 6-8 sm, asosiy pluglarni esa 30-35 sm chuqurlpkda yomshatadigan qilib o‘rnatib, yerni sifatli shudgorlash lozim. Yerni vaqt-vaqti bilan qora yoki toza shudgor qilib va unib chiqqan begona o‘tlarni peshma-pesh yo‘qotib turish maqsadida har xil chuqurlikda kultivasiya o‘tkazib turish, qishda yaxob berib muzlatib, begona o‘t urug‘larini nobud qilishga erishish, ularning poyalarini terib yeqib yoborish lozim. Bahorda kechki ekinlarni bir necha marta kultivasiya qilib, unib chiqqan begona o‘tlarni nobud qilish, sug‘orayetganda katta o‘qariqqa kelayetgan suvni mayda to‘r orqali o‘tkazish, chunki ko‘p urug‘lar suv bilan oqib keladi. Solinadigan go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlarni 2-3 yil chiritib dalaga solish lozim. Urug‘ ekish me’erini to‘g‘ri belgilash va muqobil muddatda ekish. Agar begona o‘t bosgan bo‘lsa, urug‘ ekish me’erini (10-15%) oshirish, urug‘ unib chiqqandan keyin maysalarga sifatli ishlov berish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish, barcha dala ekinlari uchun to‘g‘ri, ilmiy jihatdan asoslangai almashlab ekish tizimiga rioya qilish lozim. Begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy dorivorlar gerbisidlar deb ataladi. (Gerbisid lotinchada lierbum herbi - o‘simlik cida - o‘ldiraman so‘zidan olingan, ya’ni o‘simlikni o‘ldirish, quritish demakdir). Gerbisidlarni sepish, changlash, purkash yoki tuproqqa aralashtirish bilan begona o‘tlarni yo‘qotish mumkin. Gerbisidlar kimyoviy tarkibi va o‘simliklarga ta’sir qilish xususiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Ular kimyoviy tarkibiga ko‘ra anorganik va organik gerbisidlarga bo‘linishi. Anorganik gerbisidlar ammoniy sulfat, kalsiy xlorat, kaliy sianamid va boshqalar. Organik gerbisidlar (organik kislotalar, fenol, mochevina) fenol, fiziologik jihatdan eng faol hisoblanadi. o‘simliklarga ta’sir qilish xususiyatiga ko‘ra gerbisidlar yeppasiga ta’sir qiluvchi va tanlab ta’sir qiluvchilarga bo‘linadi. Tanlab ta’sir qiluvchi gerbisidlar har bir oilaga mansub o‘simlik turiga sepiladi. Masalan, ma’lum bir tur begona o‘tga ta’sir qilgani ikki pallalilarga ta’sir qilmaydi. Tanlab ta’sir qiluvchilar aynan ma’lum begona o‘t turi uchun gektarlik me’eri, qaysi rivojlanish fazasida berilishi lozimligi aniqlanadi, ular boshqa madaniy o‘simlik va begona o‘tga ta’sir qilmaydi. YEppasiga ta’sir qiluvchi gerbisidlar hamma o‘simlikni (ham madaniy, ham begona o‘tni) yeppasiga quritadi. YEppasiga ta’sir qiluvchi gerbisidni bahorda uvatlarga, ariq yeqasiga ildizmevalilar (piyoz va sabzi) ekilgan maydonga sepish mumkin, bu vaqtda piyoz va sabzining yer ustki qismi qurib qoladi, ammo keyin yangi barglar o‘sib chiqadi. Gerbisidlar kimyoviy tarkibiga qarab turli xil muddatlarda qo‘llaniladi; ekishdan oldin, unib chiqayetganda va keyingi rivojlanish fazalarida berilishi mumkin. Gerbisidlar bilan ishlaganda, ularni tashishda, albbatta O‘zbekiston Rsspublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga amal qilish lozim. Gerbisidlar bilan 18 yeshga to‘lmagan o‘smirlar, homilador va yesh bolali ayellar ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Eritma tayyorlashda va ishlashda maxsus kiyimlar, respirator va himoya ko‘z oynaklari taqib olinadi, ish vaqti tugagandan so‘ng har bir kishi qo‘lini yaxshilab yuvishi sho‘rtuproq Gerbisidlarni saqlashda ham barcha ehtiyet choralari ko‘riladi. Gerbisidlarni traktorlarga maxsus moslama (purkagich va changlatgich)lar o‘rnatib qo‘llaniladi.
Nazorat savollari:
1. Begona o‘t haqida tushuncha berting.
2. Begona o‘tlar klassifikasiyasini ayting.
3. Zaharli begona o‘tlarni ayting.
4. Ildiz bachkililar haqida gapiring.
5. Ildizpoyali begona o‘tlar haqida ayting.
Yüklə 244,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin