Parazit begona o‘tlar.
Parazit begona o‘tlar deb, boshqa o‘simlik evaziga yashovchi xlorofill donachalari bo‘lmagan o‘simliklarga aytiladi. Parazit o‘tlarning (2-rasm).
Zarpechak yashil bargi, ildizi, baquvvat tanasi bo‘lmaydi, ular boshqa o‘simliklarning ildiziga, poyasiga, barglariga chirmashib olib, ulardan xujayra shirasini so‘rib oziqlanadi. Parazit begona o‘tlar o‘z navbatida haqiqiy va yarim parazitlarga bo‘linadi. Haqiqiy parazitlar asosan bir yillik bo‘lib, ularda ildiz va barg bo‘lmaydi, rangi sariq va och safsar tusda bo‘ladi. Ular ildiz va poya parazitlariga bo‘linadi, poya paraziti bizda juda ko‘p uchrab, ular ham yo‘g‘on poyali, ham ingichka poyalilarga bo‘linadi.
Ingichka poyali parazit begona o‘tga zarpechak pechakgul kirsa, yo‘g‘on poyali begona o‘tga o‘rmonlarda o‘sadigan chirmoviq yoki lianalar kirib ularning uznligi 100-120 m ga yetadi.
Zarpechak (Cuscuta) - chirmovpkdoshlar oilasiga mansub bir yillik u tuproq urug‘i 18-20°C da unib chiqadi. Bir tup zarpechak 15-40 mingtagacha ypyg‘ beradi va 15 yilgacha unib chiqish qobiliyatini saqlaydi. Urug‘idan va poya bo‘laklaridan ko‘payadi, urug‘dan unib chiqqandan keyin u xar xil o‘simliklarga o‘ralib, chirmashib yashaydi. Urug‘i mayda, dumaloq qo‘ng‘ir tusli bo‘lib, ko‘sak ichida joylashgan. Poyasi ingichka tuksiz, sarg‘ish. O‘zbekistonda beda, zig‘ir, sabzi, piyoz kabi madaniy o‘simliklar ichida o‘suvchi zarpechaklar uchraydi. Zarpechak keyingi paytlarda lalmi maydonlarda yantoqlarni ham o‘rab olib, ularni ham zararlamoqda (2-rasm).
Devpechak O‘zbekistonda keng tarqalgan. Poyasi yo‘g‘on, arqonsimon bo‘lib, asosan buta va mevali daraxtlarning tanasiga, shox-shabbalariga o‘ralib o‘sadi. YEsh poyalarining uchi sarg‘ish. Iyol-sentyabrda gullab, urug‘laydi. Urug‘i yomaloq 3-4 mm kattalikda bo‘ladi. Bir tupida 120 mingtagacha urug‘ bo‘lishi mumkin. Urug‘ unib chiqish qobiliyatini ko‘p yilgacha saqlaydi. Urug‘dan va poya bo‘lakchalaridan ko‘payadi, butun boshli o‘rmonlarni quritib yo‘q qilishi mumkin.
Ildiz parazitlari. Bularga shumg‘iyalarning hamma turi kiradi. U yashil yaproqsiz bir yillik o‘simlik bo‘lib, poyasi oddiy, shoxsiz o‘sadi, bo‘yi 25 sm gacha yetadi. Rangi och safsar yoki (siren) nastarin tusda, poyaning pastki qismi oqish, yuqorisi rangli bo‘ladi. Shumim o‘simlik ildizlarida tuptup bo‘lib joylashadi. Poyalar soni 5-20 tagacha bo‘lib bir-biriga zich, deyarli yopishib o‘sadi va o‘simliklarning ildiziga joylashib, surgachlari erdamida parazitlik qilib yashaydi. Yezning ikkinchi yarmida gullab urug‘laydi. Bir tupi 150 minggacha urug‘ beradi. Urupi unib chiqish qobiliyatini 5-10 yilgacha saqlaydi. Shumg‘iya asosan ituzumguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni ko‘p zararlaydi. Pomidor, tamaki, kartoshka, kungaboqar va poliz ekinlari ichida shumg‘iya ko‘p uchraydi (3-rasm).