Ma`ruza-1 dexqonchilikda begona o`tlarni o`rganish va ularning zarari reja



Yüklə 244,86 Kb.
səhifə3/7
tarix31.01.2023
ölçüsü244,86 Kb.
#81887
1   2   3   4   5   6   7
1-лекция

Yarim parazit begona o‘tlar.
Bu xildagi begona o‘tlar yashil poyalarga ega bo‘lib, ular ham ildizlari orqali oziqlansa, ham boshqa o‘simliklarga yopishib olib, xayet kechiradi. Bizda yarim parazit o‘simliklarga qo‘ypechakni misol qilish mumkin. Bu o‘simlik O‘zbekistoning hamma sug‘oriladigan va lalmi maydonlarida uchrab, erta bahorda o‘sa boshlaydi.
Haqiqiy begona o‘tlar
Bular bir yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi. Bir yillik begona o‘tlar ekin maydonlarini ko‘p zararlaydi. tarqalib o‘sadi. o‘ta ertagi yoki efemer begona o‘tlarning ildizi uncha chuqur joylashmaydi.
Efemerlar. Bularning o‘suv davri qisqa bo‘lib, urug‘ unib chiqishidan to yangi urug‘ hosil qilguncha 40-60 kun o‘tadi. Ular kuzgi don ekinlari, birinchi yili ekilgan beda, kuzgi piyoz kabi ekinlar orasida ko‘p bo‘ladi. Ekin qator oralariga ishlov berish vaqtida ular osonlikcha yo‘qolib ketadi. Efemer o‘tlarga lolaqizg‘aldoq yolduz o‘t, bargak bug‘doyiq, filtumshuq no‘xatak chitir, oq chitir va boshqalar kiradi.
Bir yillik begona o‘tlar
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida bir yillik o‘tlarning 520 ga yaqin turi uchraydi. Respublikamizning ekinzorlarida shamak yovvoyi suli, oq itkunok olabuta, gultojixo‘roz, qo‘ytikan, qora ituzum, kurtena, kurmak bangidevona kabilar ayniqsa ko‘p uchraydi.
Bir yillik begona o‘tlar - bular boshqa begona o‘tlarga qaraganda juda keng tarqalgan bo‘lib, o‘suv davrida unib chiqib urug‘laydi. Bir yillik begona o‘tlarning ildizi yerga chuqur kirmaydi. Ildizlari o‘k ildiz va popuk ildiz bo‘ladi. Urug‘i bahor, yez va kuzda ham unib chiqib, maysalari ham o‘saveradi. Ayrimlarining ildizlari yerga 80-100 sm gacha kirib boradi, bo‘yining balandligi 100 smdan oshadi. Begona o‘tlar bahorda o‘sishiga qarab ertagi va kechkiga bo‘linadi. Erta bahorgi o‘tlarning ypyg‘i erta bahorda unib chiqadi va ekinlar hosili yig‘ishtirib olingunicha hayoti tugaydi. Yovvoyi suli, olabuta, chitir, jag‘-jag‘ singari betona o‘tlar ertagi begona o‘t hisoblanadi.
Kech bahorgi begona o‘tlar urug‘i ko‘klamda yer obdan qizigandan keyin unib chiqib, sekin rivojlanadi va ekinlar hosili yig‘ib-terib olingandan keyin yetiladi. Kechki ekinlar orasidagi bu xildagi begona o‘t urug‘i madaniy ekin urug‘i bilan bir vaqtda yetiladi va hosilga aralashib, uni ifloslantiradi. Yovvoyi gultojixo‘roz, sho‘ra, semizo‘t, shamaq itkunoq, bo‘rgan, tuyaqorinlar shular jumlasidandir.
Yovvoyi suli (Avena saliva) - galladoshlarga mansub bir yillik o‘simlik bo‘lib, oddiy xalq uni qiltiqlari qora bo‘lgani uchun qora ko‘za deb ham ataydi. Namni yaxshi ko‘radi, tuproq va havo harorati 20°C dan oshganda tez rivojlanadi. Yovvoyi suli bug‘doy va arpazorda ko‘p uchraydi, ulardan biroz oldin pishib yetiladi. Urug‘lari tez to‘kilib ketadi, bug‘doy donini ifloslantiradi. Urug‘lari 20 sm chuqurlikka tushib qolsa, ham baribir o‘sib chiqadi, unuvchanligini 20 yildan ko‘proq saqlaydi. Respublikada barcha g‘alla ekinlari ichida uchraydi.
Olabuta yoki oq sho‘ra (Chenopodium album L) - sho‘radoshlar oilasiga kiradi. Respublikamizda oq sho‘ra, sassiq sho‘ra va qizil sho‘ra kabi turlari bor. Oq sho‘raning barglari unsimon gubor bilan qoplangan, sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda, ayniqsa g‘o‘za, kartoshka va sabzavot ekinlari orasida ko‘p o‘sadi. Poyasi to‘g‘ri, bo‘yining balandligi 60-80 sm, sershox, bargi tuxumsimon, cheti kungurali. Bir tup o‘simlikda 1,0 mln. dan ko‘p ypyg‘ bo‘ladi. Urug‘i unuvchanligini uzoq vaqt, 10-15 yilgacha saqlaydi.
Yovvoyi gultojixo‘roz (Amaranthus retroflexus L) - gultojixo‘rozdoshlar oilasiga kiradi. Eng tez tarqaluvchi begona o‘t, urug‘i tuproq harorati 20°C dan oshganda unib chiqadi. Unuvchanligini 20 yilgacha saqlaydi. Poyasi zich, bo‘yi uzun, bir tupi 300 mingtagacha ypyg‘ hosil qiladi va yerga ishlov berish yuli bilan ularni yo‘qotish mumkin. o‘suv davri 90-100 kun. G‘o‘za, makkajo‘xori, sabzavot poliz ekinlari orasida, asosan sug‘oriladigan maydonlarda ko‘p tarqalgan.
Itkunoq (Setoria viridis L) - qo‘ng‘irboshdoshlarga mansub tik o‘suvchi (50-70 sm) o‘tsimon o‘simlik boshog‘ida sariq yoki binafsha rang qiltiqchalar bo‘ladi. Boshqa begona o‘tlarga nisbatan namlikka talabchan, shuning uchun asosan sholipoyalarda o‘sadi. Itkunok urug‘ining unib chiqishi uchun 3-4 oy tinim davri yetarli, urug‘lari 30-35 yilgacha unuvchanligini saqlaydi. Bir tup o‘simligi 5500-7000 ta gacha ypyg‘ hosil qiladi.
Kurmak (Panicum crus galli L) - boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Bargi uzun va chetlari g‘adirbudur bo‘lib, tik o‘suvchi (80 sm) o‘tsimon o‘simlik. Kurmak ko‘pincha sholipoyada ko‘p uchraydi. Urug‘i oqar suvlar bilan tarqaladi va ypyg‘idan ko‘payadi, ypyg‘i yetilganda salga to‘kilib ketadi. Bir tupida 2000-6000 tagacha ypyg‘ bo‘ladi. Unuvchanligini yerda 8-10 yil, suvda 3-4 yilgacha saqlaydi. Kurmak faqat suvli, suvga serob joylarda o‘sadi, suv kam bo‘lgan joyda o‘saolmaydi. Sho‘ra, itkunoklardan mutlaqo farq qiladi, ruvak chiqarguncha sholidan farq qilish juda qiyin. Suv bilan bostirilganda ham o‘saoladi.
Ituzum (Solanum nigrum L) - ituzumdoshlarga mansub bir yillik issiqsevar o‘simlik. Bo‘yi 75-100 sm keladi. Urug‘i kech bahorda aprel-may oylarida unib chiqadi va 20- 30°C haroratda yaxshi unadi. Poyasi tik ba’zan yetib o‘sadi. Mevasi dumaloq shingil holda mayda, qora, sarg‘ish, qizil bo‘ladi. Urug‘i sariq buyraksimon, juda mayda. Iyondan oktyabr oyigacha gullaydi, mevasi iyol-noyabrda yetiladi. Bir tup o‘simlik 500-110 mingtagacha ypyg‘ beradi. U G‘o‘za, beda, sabzavot, poliz ekinlari kabi sug‘oriladigan ekinlar orasida ko‘p uchraydi. Urug‘i 8-10 yilgacha unuvchanligini saqlab qoladi, ba’zi paytlar ypyg‘ini odamlar iste’mol qilishgan.
Jag‘-jag‘ yoki achambiti (Capsella bursa pastoris) - karamguldoshlar oilasiga kiradi. Bo‘yi 10-70 sm gacha yetadi. Poyasi tukchalar bilan qoplangan, ildizi yenida tupbarg hosil qiladi, u nihoyatda o‘zgaruvchan, shuning uchun xar xil sharoitda o‘sishga moslashgan. Jag‘-jag‘ning bahorgi, kuzgi va qishki turlari bor, shunga ko‘ra u efemer begona o‘t (4-rasm).
o‘suv davrini tez tugatadi. Bu o‘simlik 50-60 kunda unib chiqib, gullab, ypyg‘ beradi. Gullari binafsha rang, bo‘yining balandligi 40-50 smga boradi, yon shoxlar hosil qiladi.
Bir tup o‘simlikda 2-70 minggacha ypyg‘ hosil bo‘ladi. Urug‘i mayda bo‘lishiga qaramay unuvchanligini 7-11 yil saqlaydi. Bahorda unib chiqqan urug‘idan iyol oyida yana qayta ypyg‘ olinadi. Qish issiqroq kelganda jag‘-jag‘ dekabr-yanvar oylarida ham gullab ypyg‘ berishi mumkin.
Kuzgi begona o‘tlar
Bular aslida 1 yillik ammo ikki o‘suv davrida, kuzda unib chiqib, kelgusi yili bahorda ypyg‘ hosil qiladi, bular xuddi kuzgi don ekinlaridek rivojlanadi. Bularga yaltirbosh, kattabosh, kasmaldoq va boshqalar kiradi.
Yaltirbosh (Bromus suolius L) - ko‘ng‘irboshlar oilasiga mansub kuzgi begona o‘t, O‘zbekistonning hamma mintqkalarida uchraydi. Poyasining balandligi 60 sm atrofida bo‘lib, urug‘larining yirikligi javdar urug‘idek bo‘ladi. Yetilgan urug‘i yerga tushganda, qulay sharoitda 6-10 kunda unib chiqadi. Unuvchanligini 7-8 yilgacha saqlaydi. Ko‘proq don ekinlari orasida o‘sadigani zararli begona o‘t. Ruvak chiqarguncha, uni kuzgi javdardan ajratish qiyin. Urug‘i javdar doniga aralashib qolsa, javdarning sifati pasayadi. May oyining oxiri iyon boshida pishib yetiladi. Donning sifatini pasaytiruvchi begona o‘t hisoblanadi.
Qoramiq - chinniguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona o‘t. Poyasining balandligi 60-90 sm bo‘lib, poyasi va bargi tuklar bilan qoplangan. Poyasi tik va yen shoxlar hosil qilib o‘sadi. Urug‘lari mayda bo‘lib, unuvchanligini 6-8 yilgacha saqlaydi. Qoramiq kuzgi don ekinlari orasida ko‘p uchraydi. Qoramiqning urug‘ini burdoy ypyg‘idan ajratish juda qiyin. Agarda donda 0,5% qoramiq urug‘i aralashgan bo‘lsa, u holda oziq-ovqat va yem-xashak uchun foydalanish man qilinadi.
Kasmaldoq - qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub bir yillik begona o‘t bo‘lib, kuzda o‘sib chiqadi. Bahorda may oyi oxiri iyol oyida bug‘doy va arpa bilan baravar pishadi, bo‘yining balandligi 60-70 sm ga yetadi, gul to‘plami boshoq holida. Kasmaldoq donlari terib olinib, yanchilib, hatto don qilinadi. Uni ba’zan yovvoyi bug‘doy ham deyishadi. Kasmaldoq donlari tez ajraladi, ypyg‘i g‘alvir va chigildan o‘tkazib, ajratib olinadi.
Ikki yillik begona o‘tlar
Bu guruh begona o‘tlarning urug‘i asosan yezda unib chiqib, baquvvat ildiz hosil qiladi. Birinchi yili ypyg‘ hosil qilmay, to‘pbarg holida qishlaydi. Ikkinchi yili urug‘ bergandan keyin nobud bo‘ladi. Bular urug‘idan va ildiz kurtaklaridan ko‘payadi. Ikki yillik begona o‘tlarni kuzgi shudgorni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish bilan yo‘qotish mumkin, bunda shudgorlash chuqurligiga e’tibor berish juda muhim.
Ikki yillik begona o‘tlarga qashqarbeda, sigirquyruq, yovvoyi sariq beda, ituzum, lattatikan, oqkarrak sutcho‘p va boshqalar kiradi.
Qashqarbeda (donnik) (Melilotus ofticinalis Ders) - dukkaklilar oilasiga mansub. Balandligi 150-160 sm gacha yetadi, poyasi tik o‘sadi, bargi cho‘ziq tuxumsimon, gullari ruvak holida shoxlab o‘sadi. Bargi tuxumsimon. Ildizi baquvvat, may-avgustda gullab urug‘laydi. Urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i nam o‘tkazmaydigan qattiq po‘st bilan qoplangan. SHuning uchun urug‘i bir tekisda unib chiqmaydi, ekin orasida uchrasa, qator orasiga ishlov berish bilan yo‘qotish mumkin, urug‘lari 10-12 yildan keyin ham o‘sadi. Ammo don ekinlari orasida uchrasa, ularga qarshi kurash ancha qiyin bo‘ladi. Kurg‘oqchilikka chidamli (5-rasm).
qashqarbeda O‘zbekistonning deyarli barcha yerlarida g‘o‘za, beda, don ekinlari orasida ko‘p uchraydi. Lalmi sharoitda yaxshi rivojlanadi. Bizda qashqarbedaning ikki - oq va sariq turi mavjud.
Tuyaquyruq yoki tuyaqorin - astraguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik begona o‘t O‘zbekistonning paxta dapalar da, shuniigdek chopiqqilinadigan boshqa ekinlar orasida ham o‘sadi, aprelmay oyida urug‘i uchma bo‘lganligidan shamol erdamida osoy tarqaladi. Lalmi maydonlarda burdoyzorlarda hsh ko‘plab uchraydi. o‘sib turgan paytida xayvonlar tomonidan iste’mol qilinmaydi.
Qora ituzum (Hyoscyamus niger) - ituzumguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik va ko‘p yillik turlari mavjud. Ituzum juda ko‘p ypyg‘ beradi, bo‘yining balandligi 70-100 sm ga yetadi, juda ko‘p yen shoxlar hosil qiladi. Urug‘i pishgandan so‘ng ko‘sakchalari erilib to‘kiladi. 400 mingdonagacha ypyg‘ hosil qiladi. Tuproqda namlik va harorat yetarli bo‘lsa, unib chiqadi. Qora ituzum poyasi, bargi va urug‘lari tarkibida zararli alkaloid saqlaydi. Poyalarining xayvonlarga beriladiran yem-xashakka qo‘shilishiga yo‘l ko‘pmaslik kerak O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlarida ko‘p uchraydi.

Yüklə 244,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin