Ma`ruza-1 dexqonchilikda begona o`tlarni o`rganish va ularning zarari reja



Yüklə 244,86 Kb.
səhifə5/7
tarix31.01.2023
ölçüsü244,86 Kb.
#81887
1   2   3   4   5   6   7
1-лекция

Ildiz bachkililar - bu biologik guruxga mansub begona o‘tlarning 16 turi O‘zbekistonda uchraydi. Bular ko‘p yillik begona o‘tlar bo‘lib, urug‘idan va ildizidan ko‘payadi. Ildizi qirqilgan joydan ko‘plab bachki ildizlar o‘sib chiqadi, bular madaniy ekinlar uchun juda xavflidir, chunki ularni yo‘qotish ancha murakkab ish. Ildiz bachkili begona o‘tlarga qo‘ypechak yantoq, kakra, qizilmiya, bo‘ztikan kabilar kiradi.
Qo‘ypechak (Conolvulus arvensis) – pechak guldoshlarga mansub, yer bag‘irlab yoki sudralib o‘suvchi ko‘p yillik begona o‘t. Poyasi 1 m dan uzun, barglari nayzasimon, o‘tkiruchli. Barcha ekinlar orasida uchraydi. Guli oq, pushti, karnaysimon bo‘ladi. Mart-aprel oyida ko‘karadi. May-avgustda gullaydi. Qo‘ypechak ro‘za, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari va shunga o‘xshash tik o‘suvchi ekinlarga chirmashib oladi, ularning o‘sishiga va qator orasiga ishlov berishga xalaqit beradi. Qo‘ypechakni qator orasini sifatli qilib ishlash bilan yo‘qotish mumkin. Bu - yarim parazit begona o‘t
Kakra (Centourea picris Pall) - astraguldoshlar oilasiga mansub ildiz bachkili ko‘p yillik o‘t urug‘i kech bahorda, mart oyi oxiri aprelda unib chiqadi. Bo‘yining balandligi 50-80 sm. Asosiy poyasidan yon shoxlar chiqadi. Har bir shoxning uchida gul to‘plami hosil bo‘ladi. Barglari cho‘zinchoq, poyalari tuklar bilan siyrak qoplangan, gullari pushti rangda. Poyasi va barglari ho‘l holida iste’mol qilinsa, achchiq ta’m beradi. Qurigandan keyin tarkibidagi alkaloid parchalanib ketadi. Yangi o‘zlashtirilgan va lalmi maydonlarda uchraydi. Kakra sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli karantin o‘simlik hisoblanadi, ildizi gorizontal holatda rivojlanib, chuqur joylashadi. Agar uy hayvonlariga beriladigan yemga 5% kakra urug‘i aralashgan bo‘lsa, bunday yem zaharli hisoblanadi.
Qizilmiya (Glycyrrhiza glabulipezae L) - dukkakdoshlar oilasiga mansub murakkkab o‘simlik. Poyasi tik shoxlab o‘sadi. Barglari qisqa bandli murakkab barg. Guli binafsha rangli, shingillarga to‘plangan. Mevasi egilgan, yirik tusda. Urug‘i kul rang, sharsimon. Ildizi baquvvat bo‘lib, tuproqning chuqur qatlamlarida rivojlanib qo‘shimcha o‘simtalar hosil qiladi, urug‘idan va ildiz bachkisidan ko‘payadi. Sug‘oriladigan ekinlar, ayniqsa g‘o‘za orasida ko‘p uchraydi. Ildizi yerga ishlov berishda ancha qiyinchplik tug‘diradi. Yer osti suvi yoza joylashgan yerlarda yaxshi rivojlanadi. Sizot suv sathini kamaytirish qizilmiyaning kamayishiga olib keladi.
Yantoq (Alhagi camelorum Fisoh) - dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik o‘zlashtirilmagan yerlarda, yo‘l yeqalarida, ariq bo‘yida o‘sadi. O‘zbekistonning deyarli barcha cho‘l, dasht joylarida uchraydi. Poyasi tik o‘sadi, mayda bargli va tikanlari bor, guli atirgulsimon. Yantoq tez rivojlanadigan zararli o‘t Urug‘i buyraksimon, qo‘ng‘ir tusli, iyon-avgustda gullaydi. U ildizidan yangi o‘simlik hosil qiladi, ildiz bachkisidan va urug‘idan ko‘payadi. Qurg‘okchilikka o‘ta chidamli. Sho‘rlangan yerlarda ham yaxshi o‘saveradi.

Yüklə 244,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin