Ma`ruza-1 dexqonchilikda begona o`tlarni o`rganish va ularning zarari reja



Yüklə 244,86 Kb.
səhifə6/7
tarix31.01.2023
ölçüsü244,86 Kb.
#81887
1   2   3   4   5   6   7
1-лекция

Ildizpoyali begona o‘tlar
Ildizpoyali begona o‘tlar O‘zbekistonning hamma sugo‘riladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu o‘tlar boshqa begona o‘tlardan ko‘ra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning ko‘payish imkoni bir necha baravar yuqori. Ildizpoyali begona o‘tlarning yer ostidagi ildiz bo‘g‘imlarining har bir bo‘lagi alohida o‘simlik bo‘lib o‘sadi. Bundan tashqari ular urug‘laridan ham ko‘payadi. Ular juda zich bo‘lib to‘plab o‘sadi, madaniy o‘simliklarni siqib mutlaqo yo‘qotib yoboradi, ko‘payishi vegetativ va generativ tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz bo‘g‘imi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olishi bilan avj olib o‘saoladi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ildizpoyali begona o‘tlardan: g‘umay, salomalayquml, ajriq, qamish, achchiqmiya, oqmiya, bug‘doyiqlar ko‘p tarqalgan. SHulardan g‘umay, salomalayquml, ajriq esa karantin begona o‘tlar hisoblanadi.
G‘umay (Andropogom halepensis) - qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik begona o‘t Paxta ekiladigan yerlar uchun eng zararli begona o‘t hisoblanadi. U maydan iyon oyigacha gullaydi va iyondan oktyabrgacha hosil beradi.
G‘umay tik o‘sadi, bo‘yi 1,5 m gacha yetadi, poyasining pastki qismidan shoxlaydi. Asosan urug‘idan hamda ildizpoyalaridan ko‘payadi. G‘umay cepypyg‘ o‘simlik bo‘lib, xar tupi 2-3 mingga yaqin ypyg‘ beradi. Bir tupida 1-80 ildizpoya va 800 tagacha bo‘lishi mumkin. G‘umay tuzilishiga ko‘ra sudan o‘tiga juda o‘xshaydi, shuning uchun ham u sudan o‘tining ashaddiy dushmani hisoblanadi.
G‘umayning yesh poya va barglarida xayvonlarni zaxarlovchi sinil kislotasi va sianogen glyokozidi bo‘ladi. Zaxarlanish qurg‘okchilik yillarda, ayniqsa ko‘proq kuzatiladi. Sinil kislota g‘umay qurg‘okchil yerda o‘sganda juda yuqori darajada bo‘ladi, G‘umay o‘rib ikki soat so‘litib qo‘yilib, mollarga berilsa, tarkibidagi glyokozidlar parchalanib ketadi.
Ajriq (Cynodon dactylon) - ko‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik begona o‘t Bu sug‘oriladigan maydonlar uchun eng xavfli begona o‘t ko‘payish jarayoni juda tez. Bo‘yi 15-25 sm, barglari lentasimon, sharoitga qarab erta ko‘klamdan to kuzgacha o‘sadi. May-iyonda gullaydi, iyol-avgustda urug‘laydi. Deyarli barcha ekinlar, ayniqsa g‘o‘za, beda kabilar uchun eng xavfli hisoblanadi, uning ildizi qurg‘oqchilikka shunchalik chidamliki, agar 1-2 yil kuruq joyda ham ko‘karish qobiliyatini yo‘qotmaydi, ya’ni nam tegishi bilan ko‘karaveradi. Ajriq urug‘idan kamdan-kam, asosan ildizpoyasidan ko‘payadi. Bo‘yi 30-40 sm, gullari yuqoriga qarab, poyalari yen tomonga qarab 500 m gacha o‘sadi. Xar bir 10-15 sm oralig‘ida bir bo‘g‘in hosil qilib, xar bo‘g‘inidan ildizlar chiqarib, yangi o‘simlik, hosil bo‘ladi. Ajriq sug‘oriladigan va qurg‘oqchil maydonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘saoladi. Tashqi noqulay muhitga o‘ta chidamli, yer sharining ko‘pgina mamlakatlarida o‘sadi, uni chorva mollari yaxshi ko‘rib iste’mol qiladi.
Salomalayquml (Cyperua rotondus L) - qiyoqdoshlar oilasiga mansub ildizpoyali begona o‘t tik o‘sadi, bo‘yi 20-40 sm, 400 ga yaqin turi bor. Nam yerda yaxshi o‘sadi. Iyon-avgustda gullaydi, sentyabrda urug‘laydi. Sug‘oriladigan tumanlarda keng tarqalgan. G‘o‘za, sholi, poliz, sabzavot ekinlari va gullar ichida o‘sadi. Ildiz piyozchasidan va urug‘idan ko‘payadi. Dalada uni tortib yolib olganda, poyasi yolinib, piyozchasi tuproq tagida qolib ketaveradi, 3-4 kundan so‘ng yana o‘sib chiqadi.
Oqmiya (Sophora alopecuroides L) - dukkakdoshlar oilasiga kiradi. O‘zbekistonda asosan sug‘oriladigan tumanlarda o‘sadi. Masalan, bog‘larda, uvatlarda, ariq bo‘yida, ko‘l yeqasida ko‘p uchraydi, chopiq qilinadigan ekinlarni ifloslaydi. Sizot suvi yoza joylashgan, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda ham ko‘p uchraydi. Poyasi tik va to‘g‘ri o‘sadi, deyarli shoxlamaydi. Oqmiya urug‘idan va poyasidan ko‘payadi.
Pushti tikan (Cirsium arvense) astraguldoshlar oilasidan. O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. Urug‘larining uchadigan qanotchasi bo‘lgani uchun juda tez tarqaladi. Bahorla agarda urug‘lari yerga chuqur tushib qolgan bo‘lsa, unib chiqmaydi, chirib ketadi. Pushti tikan ildizlari juda baquvvat bo‘lib, yerga 5-7 m gacha kirib boradi. Yer ustki qismi har yili butunlay sovuqdan nobud bo‘ladi. Xar yil bahorda yangidan-yangi poya beradi, yer ustidan 25-30 sm pastdan ildiz bachkilari rivojlanib yen tomonga cho‘ziladi, 15-20 sm cho‘zilgandan so‘ng tirsaksimon bo‘lib bukiladi, o‘sha joydan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi va yangi ildiz hosil qiladi.
Bo‘z tikan (Sonchus arvensis). Xar ikkala begona o‘t bir-biriga juda o‘xshash. Ildizi yerga 60-70 sm kiradi, ildizi nozik tez uziladi, 3 sm chuqurlikda unib chikali, agarda ular 20 sm chuqurlikka ko‘milsa, chirib ketadi. Urug‘lari tez tarqaladi, yengil uchuvchan, urug‘lari yozaga tushganda unib chiqadi, issiqqa talabchan, namni yaxshi ko‘radi. Poyasi tez-tez kesilsa, o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi.
Popuk ildizlilar
Bu begona o‘tlar guruhiga bir necha ko‘p yillik zararli o‘tlar kiradi. Ular asosan urug‘idan ko‘payadi. Ildizlari yoza joylashadi.
Zubturum (Plantago media L). Bu o‘t sug‘oriladigan hamma maydonlarda uchraydi, asosiy poyasi yo‘q asosan barglardan iborat, barglari tuxumsimon cho‘zinchoq dumaloq. Bir tup o‘simlik 20-25 tagacha barg hosil qiladi, ikkinchi yili ypyg‘ hosil qiladi, gul to‘plami zich ruvak urug‘lari juda mayda. o‘suv davrining boshida o‘q ildiz chiqaradi. Keyinchalik esa popuk ildizlari ko‘payib ketadi.
Zubturumga o‘xshash ikkinchi tur begona o‘t - bargli zubturum yoki ilonsimon o‘t (Plantago lanccolata) ham ko‘p uchraydi, uning bargi ingichka cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi, barg bandlari zubturum barglaridan kichikroq, u ham nam joylarda uchraydi, may-sentyabr oylarida gullaydi. Bu o‘t dorivor o‘simlik sifatida ham ishlatiladi. Mamlakatimizda tugmachagul, qirqbo‘g‘im, ayiqtovon, quyeno‘t, ilono‘t, qariqiz, arslonquyruq, mingbarg yoki boshog‘riq o‘ti, toshbaqao‘t kabi bir qator begona o‘tlar uchraydi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan va lalmi maydonlarida begona o‘tlar bilan yonma-yon o‘sib, madaniy o‘simliklardan olinadigan mahsulotlarni, odamlar va hayvonlarni zaharlaydigan bir qator bir yillik va ko‘p yillik zaxarli o‘simliklar mavjud. Quyida ana shu zaxarli begona o‘tlar xaqida ma’lumot keltiriladi.
Zaxarli o‘simliklar tarkibida uy hayvonlarini hamda kishilarni zaharlaydigan moddalar mavjud bo‘lgan o‘simlikdir. Bunday moddalarga – alkaloidlar, glyokozidlar, saponinlar va boshqalar kiradi. Ular o‘simlikning hamma qismida yoki biror qismida bo‘ladi. Yovvoyi holda o‘sadigan eng xavfli zaxarli o‘simliklardai quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kakra, randak mastak mingdevona, kampirchopon, tuyaqorin yoki xazarang, bangidevona, ayiqtovon, isiriq, bodiyeni rumi yoki zangpoya, qora ituzum, zarpechak devpechak va boshqalar. Bunday o‘simliklariing ko‘pchiligi o‘sib turganda ham, quritilganda ham zaharli bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarda esa quriganda zaharli moddalar uchib ketadi (masalan, ayiqtovon yoki uchmada) yoki zaharlilik darajasi kamayadi. Chorva mollari, asosan, bahorda o‘tloqa zaharlanadi. Xayvonlarni bir yerdan ikkinchi yerga xaydab ko‘chirish vaqtida, xayvonlar zaxarli o‘tlar ko‘p tarqalgan joyga borib qolsa, zaxarlanish yoz beradi. Odam zaxarli dorivor o‘simliklarni yiqqanda, noma’lum o‘tlarni ovqatga qo‘shib iste’mol qilsa yoki zaxarli o‘t urug‘i oziq-ovqatga, ayniqsa, unga aralashib ketsa zaxarlanishi mumkin. Bir qancha zaxarli o‘simliklar dori sifatida ishlatiladi, masalan, belladonna, bangidevona, shoxkuya yoki o‘roqkuya, kuchala, xin daraxti, erkak paporotnik yoki qirqkuloq va boshqalar.

Yüklə 244,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin