2-Ma’ruza: Zararli odatlar. OIV infeksiyasi. OITS Reja: 1. Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi. 2. Giyohvandlik, toksikomaniya. 3. OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha. Zararli odatlarga tamaki chekish, nos otish va alkogol ichimliklarni iste`mol qilish holatlari kiradi. Tamaki chekishning zarari. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim organlarning kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurakni sanchish holatlatlarini yuzaga keltiradi.
Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy moddalar bor.
Gipertoniya, yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va o`pka enfizemasi, surunkali gastrit, me`daning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar.
Amerikalik olimlarning ma‘lumotiga ko`ra, yurak kasalligi natijasida o`lganlarning o`rtacha yoshi chekmaydiganlarda 67 bo`lgan bo`lsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan.
Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy chekuvchining jinsiy organlarini zararlab, uning bolalarida nasl kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan. Bunday bolalarda ayniqsa aqliy faoliyat kuchsiz rivojlanishi aniqlangan.
Nosning tarkibi. Nos oddiy qo`lbola usulida tayyorlanadigan zaharli kimyoviy aralashma. Nos tarkibining asosiy qismini maydalangan tamaki tashkil etadi. Bundan tashqari nos tarkibiga so`ndirilgan ohak, kul va yelim, o`simlik moyi qo`shiladi. Rangini chiroyli qilish uchun nosga tut yoki boshqa daraxtning bargini quritib, yanchib qo`shiladi. Ko`rinib turibdiki, o`simlik moyidan tashqari, nos tarkibiga qo`shilgan moddalarning hammasi zaharli ta`sirga ega.
Nos chekuvchi kashanda odam toksikoman deb nomlangan. Nos chekuvchi uni tili ostida 2-3 minut saqlaydi. Shu payt nosning tarkribidagi tamaki, ohak va kulning zaharli moddalari erib, so`lak bilan aralashib, qizilo`ngach orqali me`daga tushadi va uning shilliq pardasini yallig`lantiradi. Buning natijasida surunkali gastrit, me`da va 12 barmoq ichakning yara, rak kasalliklari yuzaga keladi.
Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zaharli moddalar ta‘siriga nisbatan odam organizmining himoya reaksiyasi paydo bo`ladi.
Ko`ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatni yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko`pchilik o`smirlar bu zararli odatdan voz kechib uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o`rganmaydilar.
Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mu‘telik belgilari paydo bo`ladi.
Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o`zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo`lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.
Kashandaning yuragi, o`pkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, arterial qon bosimi ko`tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko`karadi.
Shuningdek, jigar sohasida (o`ng qovurg`a ostida) og`riq paydo bo`ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko`zlarining osti shishgan bo`ladi.
Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shunday qilib, ko`p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo`qotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.
Alkogolizm (ichkilikbozlik) - tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom qabul qilish oqibatida ro‘y beradigan surunkali kasallik.
Alkogol ta’sirida markaziy va periferik nerv tizimi faoliyati buzilib psixik kasalliklar, nevritlar paydo bo‘ladi, ichki a’zolar funksiyasi izdan chiqadi. Birinchi navbatda alkogol me’da shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib, avvalo surunkali gastrit, keyinchalik me’da yara kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka chalingan kishi ko‘krak osti sohasida og‘riq sezadi, ovqatlangandan keyin me’dasi go‘yo og‘irlashganday tuyiladi, jig‘ildon qaynaydi, kekirganda tomog‘iga achchiq suv keladi, ko‘ngil ayniydi. Nahorga suv ichmasa og‘zi quriydi. Me’da yara kasalligiga duchor bo‘lgan shaxs spirtli ichimliklardan tiyilmasa, me’da shilliq pardasi hujayralarida tub sifatiy o‘zgarishlar yuz berib, oqibatda rak kasalligi boshlanadi.
Alkogol yurak-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak qisqarishlarining ritmi buzilishiga, yurak va miya tomirlari spazmiga, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Ichkilik ta’sirida o‘pka to`qimasi zararlanib surunkali kasalliklar: bronxit, esifizema, o‘pka sklerozi rivojlanadi va ularda krupoz pnevmoniyaning og‘ir kechishi kuzatiladi.
Alkogol homiladorlik toksikozlariga, homilaning tug‘ma nuqsonlariga, homilaning tushishiga, chala va o‘lik tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Ichkilikbozlikni jamiyat uchun eng xavfli oqibati uning irsiyatga (avlod sog‘ligiga) zararli ta’sir ko‘rsatishidir.Bu hol jinsiy bezlar hujayralarining alkogol ta’sirida aynishi ( buzilishi) va o‘z funksiyalarini bajara olmasligi bilan bog‘liq.
Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so`z yunoncha «narke»-karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.
Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko`ra, bitta giyohvand bir yilda o`rtacha 5 nafar sog`lom o`smir yoshlarni giyohvandlikka o`rgatadi. Giyohvand odam xudbin bo`ladi. U o`zining kasalligini iloji boricha ko`proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi.
Rigalik tajribali o`qituvchi I. Litvinovning fikricha giyohvandlik o`smirlarning oilasida, maktabda tarbiyaviy ishlarning kamchiligi natijasidir. N. Petrovskayaning «Literaturnaya gazeta» ning 1986 yil 20 avgust sonidagi maqolasida shunday deyilgan. «Bola tarbiyasiga ijobiy yondoshgan juda ko`plab madaniyatli oilalarni bilaman. Afsuski, shunday oilalarning bolalari ham o`smirlik davriga yetganida giyohvandlik dardiga giriftor bo`lganlar. Demak, giyohvandlikka berilish sababi faqat bolaning oiladagi tarbiyasiga bog’liq emas. Bola yosh davrida uning har bir xatti-harakatini nazorat qilish, unga to`liq hajmda tarbiyaviy ta‘sir o`tkazish ota-onaga bog’liq, ammo bola o`smirlik davriga yetganda u boshqa o`smirlar, hamda o`zidan yoshi kattaroq, yigitlar davrasiga kiradi. Shunda u tasodifan giyohvand odam changaliga tushib qolishi mumkin,