Reja: Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi


Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#169243
1   2   3   4   5   6
Sirtqi 2-Ma\'ruza

Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.
Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag’ muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.
Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorningruhiyati buziladi, ko`ziga qurqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya‘ni ko`rish va eshitish galyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalariig o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.
Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
Irodasi kuchli, bu kasallikdan tuzalishni ahd qilgan giyohvand abstinensiya holatining qiyinchiliklariga bardosh beradi, og`riqlarga chidaydi va nihoyat sakkizinchi – o`ninchi kunlardan boshlab ahvoli yaxshilana boshlaydi, ya‘ni ruhiyati tinchlanadi, fikrlash qobiliyati tiklanadi, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qiladi. Jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topadi.
Statistik ma‘lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.
Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti.OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, oshqozon-ichak xastaligi va homilaning mayib-majrih tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX— bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;
Mazkur Kodeksning 270—271—272—273—274—275-276-moddalarida narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, saqlash, iste‘mol qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish bayon etilgan.
Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin