-їsh//-ish affiksi yordamida yasalgan otlar harakatni amalga oshirish usuli yoki tarzini ifodalaydi: o‘zb. kirish<kir, olt. sog‘їsh (urush)<sog‘ (urmoq), xak. örimis (quvonch)<örin (quvonmoq), qirg‘. uchush (uchish)<uch, gag. dikish (tikish)<dix (tik), tur. gelish (kelish)<gel, qoz. tabьs (topish)<tap; -їg‘//-ig‘ affiksi turkiy bobotilda, shunigdek, bobotil tugayotgan davrdagi boshqa turkiy tillarda mavjud edi. Affiksning qadimgi shakli qadimgi turkiy obidalar tilida hamda hozirgi tuva, xakas, shor, tofalar tillarida saqlangan: q.turk., tuv. bilig (bilim)<bil, barїg‘ (borish)<bar, tuv. satїg‘ (sotiq)<sat, shor. sadїg‘ (sotiq), shor. kejig‘ (kechik)<kesh, xak. chadїg‘ (yotiq)<chat (yotmoq), idig‘ (ish) <it (qilmoq) kabi.
Ko‘pchilik turkiy tillarda -їg‘//-ig‘ affiksi fonetik o‘zgarishga uchragan: tat. satu (sotiq, savdo)<sat їg‘, qoz. baru (borish), yoq. barїyazїw (yozuv)<yazїg‘, qirg‘. bashqarupilübichuw (bichish)<bїchig‘, yoq. külü (kulish)<külüg‘ kabi;
-ch, -їch//-ich affikslari yordamida fe’llardan mavhum ma’noli otlar yasaladi: turkm. dayanch (tayanch)<dayan, їnanch (ishonch)<їnan, qum. suyunch (suyunch)<suyun, qirg‘. ötünüch (o‘tinch)<ötün, qoz. qorqьnьsh (qo‘rqinch)<qorq, ozarb. gazanch (qozonch)<gazan (qozonmoq), tur. ökünch (o‘kinch)<ökün.
2. Modal ma’noli affikslar yordamida yasalgan otlar. Bunday ma’noli otlar, ko‘pincha, -qї//-ki, -g‘ї//-gi. Ushbu affiks yordamida hosil qilingan otlar harakatni bajarish imkoniyatini ifodalaydi: tat. pьchkь(bichqi) їch (bichmoq, kesmoq).
Qadimgi turkiy ichkü so‘zi dastlab ichish mumkin bo‘lgan narsa ma’nosini anglatgan. Shor tilidagi qapqї (qopqon) tutish mumkin bo‘lgan narsani yoki tutishga qobiliyatni ma’nosini bildirgan. Bunday usul bilan shu affiks yordamida yasalgan otlar harakat quroli ma’nosini anglatadi: tuv. xarg‘ї (kurak)<xar (kuramoq), shor. qapqї (qopqon)<qap, yeshki (eshkak)<yesh (eshmoq), olt. süskü (cho‘mich)<süs (cho‘michlab kavlab olish), gag. sargї (paytava)<sar (o‘ramoq), tur. burgu (burg‘u)<bur, no‘g‘. shalg‘ь (chalg‘i)<shal (kesmoq), sьbrg‘ь (supurgi)<sьbьr (supur);