Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə59/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-їsh//-ish affiksi yordamida yasalgan otlar harakatni amalga oshirish usuli yoki tarzini ifodalaydi: o‘zb. kirish<kir, olt. sog‘їsh (urush)<sog‘ (urmoq), xak. örimis (quvonch)<örin (quvonmoq), qirg‘. uchush (uchish)<uch, gag. dikish (tikish)<dix (tik), tur. gelish (kelish)<gel, qoz. tabьs (topish)<tap;
-їg‘//-ig‘ affiksi turkiy bobotilda, shunigdek, bobotil tugayotgan davrdagi boshqa turkiy tillarda mavjud edi. Affiksning qadimgi shakli qadimgi turkiy obidalar tilida hamda hozirgi tuva, xakas, shor, tofalar tillarida saqlangan: q.turk., tuv. bilig (bilim)<bil, barїg‘ (borish)<bar, tuv. satїg‘ (sotiq)<sat, shor. sadїg‘ (sotiq), shor. kejig‘ (kechik)<kesh, xak. chadїg‘ (yotiq)<chat (yotmoq), idig‘ (ish) <it (qilmoq) kabi.
Ko‘pchilik turkiy tillarda -їg‘//-ig‘ affiksi fonetik o‘zgarishga uchragan: tat. satu (sotiq, savdo)<sat їg‘, qoz. baru (borish), yoq. barїyazїw (yozuv)<yazїg‘, qirg‘. bashqarupilübichuw (bichish)<bїchig‘, yoq. külü (kulish)<külüg‘ kabi;
-ch, -їch//-ich affikslari yordamida fe’llardan mavhum ma’noli otlar yasaladi: turkm. dayanch (tayanch)<dayan, їnanch (ishonch)<їnan, qum. suyunch (suyunch)<suyun, qirg‘. ötünüch (o‘tinch)<ötün, qoz. qorqьnьsh (qo‘rqinch)<qorq, ozarb. gazanch (qozonch)<gazan (qozonmoq), tur. ökünch (o‘kinch)<ökün.
2. Modal ma’noli affikslar yordamida yasalgan otlar. Bunday ma’noli otlar, ko‘pincha, -qї//-ki, -g‘ї//-gi. Ushbu affiks yordamida hosil qilingan otlar harakatni bajarish imkoniyatini ifodalaydi: tat. pьchkь (bichqi)
ї
ch (bichmoq, kesmoq).
Qadimgi turkiy ichkü so‘zi dastlab ichish mumkin bo‘lgan narsa ma’nosini anglatgan. Shor tilidagi qapqї (qopqon) tutish mumkin bo‘lgan narsani yoki tutishga qobiliyatni ma’nosini bildirgan. Bunday usul bilan shu affiks yordamida yasalgan otlar harakat quroli ma’nosini anglatadi: tuv. xarg‘ї (kurak)<xar (kuramoq), shor. qapqї (qopqon)<qap, yeshki (eshkak)<yesh (eshmoq), olt. süskü (cho‘mich)<süs (cho‘michlab kavlab olish), gag. sargї (paytava)<sar (o‘ramoq), tur. burgu (burg‘u)<bur, no‘g‘. shalg‘ь (chalg‘i)<shal (kesmoq), sьbrg‘ь (supurgi)<sьbьr (supur);

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin