Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə57/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Tayanch tushunchalar: So‘z yasalishi. Otdan ot yasash. Fe’ldan ot yasash. Sifat yasalishi. Fe’ldan sifat yasalishi.
1. Otlarning yasalishi. 1.1. Otdan ot, sifatdan ot yasalishi. Ot va sifat yasovchi qo‘shimchalar turkiy tillarda juda ko‘p emas. Ular juda qadimda ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi kammahsul bo‘lib, hatto iste’mol-dan chiqib ketgan.
-chї//-chi affiksi turkiy keng tarqalgan bo‘lib, shaxs va uning faoliyatini ifodalash uchun xizmat qiladi: tur. avchї (ovchi)<av (ov); ozarb. dilchi (tilchi)< dil (til), olt. malchї (chorvador)<mal (chorva), qum. timirchi (temirchi)<timir (temir), tuv. añchї (ovchi)< (hayvon), xak. palїxchї (baliqchi)<palїx (baliq), tat. ishshi (ishchi)<ish (ish), o‘zb. chorvador<chorva, qirg‘. balїqchї (baliqchi)<bal їq, chuv. timirzi (temirchi)<timir (temir) kabi.
Ushbu affiksning qo‘llanilish doirasi bu bilan chegaralanmaydi. Avvalo, -chї //-chi affiksi nimagadir qiziqish, moyillik, odatni ifodalaydigan sifatlar hosil qilgan: shor. urushchї (urushqoq), terchi (ko‘p terlaydigan), ozarb. inadchi (qaysar) kabi.
-tash//-täsh affiksining asosiy vazifasi–birgalikni ifodalash: tur. yoldash (yo‘ldosh), qoz. joldas, tat. yuldash (o‘rtoq), xak. xarїndas (aka)<xarїn (qorin), qum. awuldash (ovuldosh), tuv. attash (adash), turkm. ishdesh (kasbdosh). qirg‘. jerdesh (eldosh) kabi.
Ushbu affiksning birinchi komponenti o‘rin kelishigi qo‘shimchasi -ta//-tä, ikkinchisi qadimgi jamlovchi ko‘plikni ifodalaydi.
Qadimgi -lїq//-lik jamlovchi ko‘plikni ifodalovchi murakkab affiks bo‘lgan. Uning ana shu dastlabki ma’nosi turli turkiy tillarda hozir ham qisman saqlangan: tat. nooratlьq (qarag‘aylik), qaoynlьq (qayinlik), chuv yumanlъx (dubzor), turkm. agachlїk (daraxtzor), ozarb. dashlїx (toshliq), chuv. chullъx (toshliq) va hokazo.
Keyinchalik -lїq//-lik affiksi turli ma’nolarga ega bo‘lgan: 1) sifatning mavhum nomi: ozarb. aglїx (oqlik), tat. qaorañgьlьq (qorong‘ulik); 2) mashg‘ulot, kasb-korni ifodalash: ozarb. gazmachїlїh (shaxtor).

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin