-n affiksining dastlabki ma’nosi takroriy harakatni ifodalash: tat söylän (bir necha bor gapirmoq)<söylä (so‘zla);
-na//-nä -n va -a ning birikuvidan tashkil topgan bo‘lib, u juda kam ishlatiladi: ozarb. gїsna (qisman)<gїs (qis), tat. qaoyna (qayna), qar. chäynä (chayna), kisna (zanglamoq), o‘zb. yig‘na.
Turkiy tillarda -їn//-in affiksi bilan keladigan fe’llar takroriy harakatni bildiradi: käzin (kezmoq)<käz (kez). Keyinchalik ushbu affiks o‘zlik nisbati ko‘rsatkichiga aylangan.
-ra//-rä -r va -aning birikuvidan tashkil topgan: tat. shäshrä (sachra), sьqra (zirqira);
-ar//-är, -їr//-ir affiksi, dastlab, takroriy harakat ma’nosini anglatgan, keyinchalik qandaydir sifat belgisining tadrijiy shakllanishini ifodalaydigan bo‘lgan: ozarb. yashar (yoshlanmoq)<yash (yosh), no‘g‘. kёger (ko‘kar)<kёk (ko‘k), qoz. jañar (yangilanmoq)<jaña (yangi), uyg‘. qarar (qoraymoq)<qara (qora), qoz. qьsqar (qisqar)<qьsqa, tur. bayїr (boyimoq)<bay (boy).
Turkiy tillarda -sa//-sä affiksi istak ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: tat. susa, (suvsira), qar. suwsa, tuv. suqsa, qoz. susa, olt. su:za, turkm. suwsa; o‘rx.en. bersä (bersa), gag. etse (go‘shtsiramoq), tuv. bijikse (yozishni xohlamoq);
-sїra//-sirä affiksining ma’nolari turlicha: 1) istak ma’nosi: uyg‘. qansьra (qonsira), o‘zb. suvsira; 2) nimadandir mahrum bo‘lish: o‘rx.en. elsire (davlatdan mahrum bo‘lish), qag‘ansїra (xoqondan mahrum bo‘lish); 3) nimagadir taqlid qilish: turkm. belets‘ire–o‘zini bilimli qilib ko‘rsatmoq, xans‘їra (o‘zini xondek his qilmoq); 4) his-tuyg‘u ifodalash bilan bog‘liq harakatni: tuv. sag‘їtsїra (xafasira), chureksire (toliqsira), o‘zb. gumonsira.