|
|
səhifə | 70/195 | tarix | 27.09.2023 | ölçüsü | 3,6 Mb. | | #149418 |
| O‘zbek tilshunosligi
-dїn//-tїn affiksli ravishlar qadimgi turkiy yozma obidalarda uchraydi: öñdin (avval, oldida, sharqda), ishtin sїñar (ichki tomon), tashtїn (sirtdan, tashqaridan), soldїn (chapdan) oñdїn (o‘ngdan).
-tїn affiksi, dastlab, ravish ma’nosiga ega bo‘lib, so‘ngra ayrim turkiy tillar dialektlari(asosan, janubi-g‘arbiy)da ancha qadimgi -dan affiksini siqib chiqargan.
Hozirgi turkiy tillar va ularning dialektlarida -tїn affiksi bilan yasalgan ravishlar mavjud: qirg‘. tїshqartїn (tashqaridan), astїrtїn (zimdan, bildirmasdan), boshq. aotärtän (yashirin), tat. (dial.). soñäntän (oqibatida, natijada), boshq. shim. g‘arb. yug‘artän (yuqoridan), älgärtän (avval, ilgaridan), qum. gertitin (haqiqatan ham), alashatїn (pastdan), q.balq. töbentin (yuqoridan), qar. üstürtün (yuqoridan, ustidan), qoz. üstärtän (yuzakilik), shor. altїrtїn (pastdan), xak. їrax-
tїn (uzoqdan), chog‘artїn (yuqoridan), äskertin (sharqdan) kabi.
Tuva tilida bunday ravishlarda -tan//-ten affiksi ishtirok etadi: mїna:rtan (mana bu yerdan), kege:rten (yuqoridan);
-tїn//-tin affiksi, asosan, -g‘ar//-ger, -ar//-er, -tur//-tür, -tїch//-tich affikslar bilan yasalgan otlar va ravishlarda uchraydi;
-tur shaklini qadimgi mo‘g‘ul tilidagi o‘rin ko‘rsatkichi -dur (~turkiy duz: kündüz (kunduz) ekanligi ta’kidlanadi.
Ushbu affiks qirg‘iz, tatar tillarida uchraydi: qirg‘. üstür (yuqori, ustun), aldїr (oldin~aldїg‘ ag‘ї (oldingi tomon), tat.(dial.). astär (quyi)~astär jir–quyi yer, astärdan baram (pastdan boraman);
-tїn//-tin yordamida yasalgan ravishlar chiqish kelishigi bilan sinonimlarga ega: qirg‘ astїrtїn (pastdan)~astartan, shor. altїrtїn~altїnañ, tat. yañadan (yangidan)~yañatadan (qaytadan) yoki vosita kelishigi bilan: qar. aqїrtїn~aqїrїn, yashїrtїn~yashїrїn.
Ayrim turkiy tillarda–qorachoy-balqar, qumiq tillarida -tїn//-tinning izlari saqlangan: balq. joltїn keledi (yo‘l bo‘ylab keladi). Ushbu affiks ablaut (chiqish kelishikdagi) ma’noni ifodalaydi: boshq. dial. taltän talg‘a urap jul halg‘an (ular toldan tolga yuraverib, yo‘l ochgan), qum. yerdentin (yerdan);
Dostları ilə paylaş: |
|
|