Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


-layu affiksi bilan otdan yasalgan o‘xshatish ma’nosidagi ravishlar XI asrdagi matnlarda uchraydi: közleyü



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə72/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-layu affiksi bilan otdan yasalgan o‘xshatish ma’nosidagi ravishlar XI asrdagi matnlarda uchraydi: közleyü (ko‘zga o‘xshatish), börlayü (bo‘risimon), arslanlayu (shersimon) kabi.
Ushbu hodisalarni ayrimlari avvalgi ma’nosini yo‘qotgan: qurlayu (marta), bashlayu (boshida). Bularda o‘xshatish ma’nosi hozirda mavjud emas.
Hozirgi turkiy tillarda, ayniqsa qipchoq guruhiga mansub tillarda -lay//-lay їn ning qiyosiy-o‘xshatish ma’noli shakllari bilan kelgan ravishlarga duch kelinadi: kar. otlay (olovdek), oqlayїn (o‘qday), qum. almalayїn (olmadek) kabi.
Ayrim turkiy tillarda, chunonchi, qorachoy-balqar, o‘zbek tillarida -lay//-lay -їn formasi obraz va harakat usuli ma’nosini ifodalaydi: o‘zb. butunlay, turkm. dirileyin (tiriklayin), q.balq. axchalay (pul bilan), boshq. qorolay (quriqlay), tat. täräläy (tiriklay), no‘g‘. yartїlay (qoq o‘rtasidan bo‘lib). -lay va -layїn affiksining qiyosiy-o‘xshatish ma’noli -day//-day<-deg shakllari bilan aralashuvi, chatishuvi natijasi bo‘lishi mumkin: arslanlayї (sherdek)~arslanday. Bu holat hozirgi tatar tilida ham uchraydi. Bundan tashqari: qoz. solay (shunday-fe’l bilan birikadi) va sonday (shunday ot bilan birikadi). Boshqird tilidagi -day~ -lay. Bu affiks -laj<-laju va kuzatish va vosita ma’nosidagi -la+y+n bilan muvofiq keladi. Keyingi hosilaga quyidagilar mansub: q.tat. aqshamlayїn (kechqurun), tur. gejeleyьn (kechasi), gag. sabaylan (subhidam). Bular -layu shakliga nisbatan yangi hosila hisoblanadi.
-la affiksi bilan yasalgan ravishlar qadimgi turkiy tilda kam uchraydi: körkla (go‘zal), qurla (marta), tünlä (kechasi, tuni bilan). Bunday modellarga ertälä (ertalab), tur. oyla (tushda), q.tur. chїnla (chindan), ozarb. danla (subhidam, ertaga), qar. yañla, yanla (hozir, yangi), qum. tañala (ertaga), no‘g‘. tañla (ertaga).
Ushbu affiksning ravish ma’nosi hozirgi chuvash tilida mavjud: s‘ächle (kechasi), pusla (tiyinlab).
Ayrim turkiy tillarda -la//-lä o‘rnida vaqt ma’nosini ifodalaydigan -lay//-lay qo‘llaniladi: q.tur. tünlä~o‘r.tat. tünley (kechasi), chuv. künlä~qar. künlay (kunduzi).
Demak, turkiy tillarda fe’l va ravishlarning yasalishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, ularni hosil qilishda maxsus qo‘shimchalar ishtirok etadi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin