-q//-k ko‘rsatkichi ba’zan ko‘plikni ifodalovchi boshqa ko‘rsatkich -l bilan birikib kelib, murakkab affikslarni vujudga keltiradi: -lїq//-lik: tat. naоrat-lьq (qarag‘aylar)<narat (qarag‘ay), chuv. yumъn-lъx (dublar)<yuman (dub);
-laq//-lek: q.tur. at-laq (otlar), osh-laq (emishlar). Xorazm shevalarida: gör-laq (go‘rlar, qabrlar–R.Y.);
-l ko‘rsatkichi turiy tillarda mustaqil ravishda qo‘llanmasa-da, murakkab affikslar tarkibida ko‘plikni ifodalashda ishtirok etadi. Ayniqsa, ko‘plik affiksi -lar tarkibida yaqqol ko‘zga tashlanadi: -l-(a)r. Shuningdek, ko‘plikni ifodalaydigan lїq//-lik affiksi tarkibida ham uchraydi: tat. qa°yьn-lьq (qiyinlik)<qaoyin, chuv. xїr-lъx (qarag‘ayzor)<xїr (qarag‘ay); -laq//-läk affiksi tarkibida: q.tur. at-laq (otlar), ash-laq (emishlar), it-laq (itlar to‘planadigan joy), tatlaq (totlar), bilge-lek (donolar), suv-laq (suvlar to‘planadigan joy), av-laq (ovlanadigan yovvoyi qushlar) ma’nolari bor.
Ko‘plik ko‘rsatkichi ayrim turkiy tillarda jamlovchi son hosil qiladigan -la// -lä affiksi taribida uchraydi: o‘zb. ikkovla, olt. ekile, üchüle (uchovlon), shuningdek, ko‘plikni ifodalaydigan -lan//-län affiksi tarkibida mavjud: esk.o‘zb. ikkovlon, uyg‘. ikkilän, xak. altalan (oltovlon).
-l ko‘plik ko‘rsatkichi tofalar tilidagi uba-lїsh-qї (opalar)<uba (katta singil), aha-lїsh-qї (akalar)<aha (og‘a). Bu yerda -l ko‘plikni ifodalaydigan -(ї)sh bilan birikkan.
Turkiy tillarda -m ko‘rsatichi bilan kelgan jamlovchi-ayiruvchi ma’noli miqdor sonlar uchraydi: tur.(dial.). birem-birem (birin-ketin), ozarb. üchäm-üchäm (uchdan-uchdan), tat.(dial.). bishäm (beshdan, besh bog‘lamdan iborat uyum).