Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə77/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

2. Ot so‘z turkumi. 2.1. Son kategoriyasi. eski va hozirgi turkiy tillarda predmetlar va hodisalarning ko‘pligini ifodalash uchun -lar//-lär affiksi keng qo‘llaniladi. Chuvash tili bundan mustasno. Bu tilda ushbu affiks qo‘llanilmaydi.
Turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, qadimgi turkiylarda ko‘plik haqidagi tasavvur boshqacha bo‘lgan. Ular ongida individlarning hayotiy umumlashmalari natijasida shakllangan birlik va ko‘plik kategoriya tushunchasi mavjud bo‘lgan. Ammo tilda, ehtimol, farqlar ifodalanmagandir.
Qadimgi turkiylar tasavvurida ot so‘zi kontekstga qarab ot va otlarni ham anglatgan bo‘lishi mumkin. Bu holat muayyan darajada hozirgi turkiy tillarda kuzatiladi.
Turkiy tillarda jamlik, ko‘plikni ifodalashning izlari kuzatiladi. Qadimgi jamlik, ko‘plikni ifodalaydigan elementlar ancha ko‘p bo‘lgan.
Turkiy bobotilda ko‘plikni ifodalashda z, q (k), l, m, n, r, s, ch, sh elementlari ko‘rsatkich vazifasini bajargan.
-z ko‘rsatkichi kishilik olmoshlarida ko‘plikni ifodalashda ishtirok etadi: tur. biz~ben (men), siz~sen.
Tadqiqotchilar fikricha -(ї)z//-(i)z bir vaqtlar ikkilantirilgan sonni ifodalagan: ikiz (egizak), göz (ko‘z – dastlab, ikki ko‘zni anglatgan), gögüz (ko‘ks, dastlab, ikki ko‘krakni bildirgan), tiz (tiz - ikki tizza), omuz (elka - ikki yelka), tat. mёgiz (shox, dastlab, ikki shoxni anglatgan).
Ushbu ko‘rsatkichlar ayrim etnonimlar tarkibida saqlanagan bo‘lishi mumkin: og‘-uz (o‘g‘uzlar), qїrg‘-їz (qirg‘izlar), shuningdek, buyruq maylining 2-shaxs ko‘plik affiksi -g‘їz taribida: tat. baorma-g‘їz (bormangiz). Ushbu formant 2-shaxs ko‘plik egalik affiksi sifatida ishtirok etadi.
-q(-k)//-x ko‘plik ko‘rsatkichi ancha keng tarqalgan. Hozirda uning izlari ayrim turkiy tillarda saqlangan: yoq. talax (tol), qum. talaq (boshqa turkiy tillarda tol), yoq. qurmax (qum), shor, qum. qumaq (boshqa turiy tillarda qum). Talaq so‘zi, dastlab, tollar, qumaq - qumlikni bildirgan;

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin