Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə85/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-g‘ar//-g‘är ko‘rsatkichining izlari xakas tilida uchraydi: chas-xar (bahor-ga), küs-ker (kuzga), chay-g‘ar (yozga). Tatar tili dialektlarida yo‘nalish kelishigidagi kishilik olmoshlari formalari uchraydi: miñ-är (menga). Yoqut tilida egalik affikslari bilan yo‘nalish-o‘rin kelishigining maxsus affikslari qo‘llaniladi: -ar, -g‘ar: ulug‘ar (uning o‘g‘liga).
Turkiy bobotilning avvalgi davrida -cha//-chä ko‘rsatkichli yo‘nalish kelishigi mavjud bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich asosini ham yo‘nalish kelishigining affiksi -a//-ä va unga qo‘shilgan -ch tashkil qiladi.
Hozirgi turkiy tillardan tuva tilida qadimgi yo‘nalish kelishigining -cha//-chäli formasi yaxshi saqlangan: tuv. kem-che (daryoga), xöl-che (ko‘lga), xora-je (shaharga), їyash-che (daraxtga). U shor tilida ham mavjud: moyunche (bo‘yinga).
Ushbu kelishik bilan shor va xakas tillaridagi -cha genetik jihatdan aloqador bo‘lishi mumkin: shor. qoylar cholcha parchalar (qo‘ylar yo‘l bo‘ylab ketyapti), xak. taygacha (tayga bo‘ylab).
Boshqa turkiy tillarda -chali yo‘nalish kelishigining qoldiqlari juda oz saqlangan: tat. urmang‘a-cha (o‘rmon yo‘nalishi bo‘yicha), ülgänchä (juda, aslida, o‘lguncha).
Hozirgi turiy tillarda -n li yo‘nalish kelishigining izlari saqlangan. Qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoq tillaridagi olmoshlarda jo‘nalish-yo‘nalish kelishigining–g‘an shakli uchraydi: mag‘an (menga), sag‘an (senga), og‘an (unga), bug‘an (bunga). Bunda yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -g‘a ga alohida kelishik formanti -n qo‘shilgan. No‘g‘oy tilidagi tabag‘an (tomonga) ko‘makchisida -g‘an qo‘shimchasi bor. Tatar tilida taba (tomoña) ko‘makchisi bilan birga uning shu ma’nodagi bir turi taban mavjud. Tatar tilidagi taban ko‘makchisiga xuddi shu ma’nodagi qozoqcha taman mos keladi: qoz. batьsqa taman (g‘arbga), o‘zb. maktabga tomon.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin