Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


-qa//-kä ko‘rsatkichi keyinchalik barcha turkiy tillarda keng tarqalgan. Turkman tilidagi düyäk



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə84/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-qa//-kä ko‘rsatkichi keyinchalik barcha turkiy tillarda keng tarqalgan.
Turkman tilidagi düyäk (tuyaga), bäri:k (bu yerga), shuningdek, qumiqcha ko‘makchi tabaq qadimda yo‘nalish ma’nosidagi -q ning mavjudligiga guvohlik beradi. Ammo bu e’tirozlidir.
-ra//-rä va -rї//-ri ko‘rsatkichlari r elementi bilan yo‘nalish kelishigi affiksi -a//-ä ning birikuvidan tashkil topgan. Turkiy tillardagi affikslarda a~ї almashuvini e’tiborga oladigan bo‘lsak, unda -ra va - va uning variantlari - va -ri ni genetik jihatdan bir xil deb qarash mumkin.
Qadimgi turkiy tillarda bunga misollar topish mumkin: yüräk-rä (yurakga), bashra (boshga), oñ-ra (oldinga), ich-rä (ichga), tash-ra (sirtga).
Hozirgi turkiy tillarda ushbu kelishikning izlari kam saqlangan: uyg‘. soñ-ra, tur. son-ra (so‘ngra, dastlab, so‘ngiga), tur. ile-ri (oldinga), gori (orqaga), olt. qay-ra (orqaga), turkm. gay-ra, tat. ki-ri kabi.
-ra va - formantlaridagi r elementi mustaqil yo‘nalish kelishigining ko‘rsatkichi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Janubi-sharqiy turkiy tillarning ayrimlarida -r bilan tugaydigan ko‘makchilar bor: xak. chog‘ar (yuqoriga), a:r (dan), og‘ar (u yerga), tuv. udur (qarshi), chedir (gacha), beer (bu yer).
-rї//-ri formanti yo‘nalish kelishigi affiksi -a//-ä ga birikib, -arï//-äri murakkab affiksi vujudga keladi: tur. dїsh-arї (tashqari), ich-eri (ichkari), il-eri (ilgari), shor. töb-ere (tubanga, pastga).
Ushbu formantga yo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -g‘a//-g‘ä qo‘shilib, natijada yo‘nalish kelishigining murakkab qo‘shimchasi -g‘arї//-g‘äri hosil bo‘lgan. Bunga qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda duch kelinadi: og‘uz-g‘aru (o‘g‘uz tomonga), yag‘ї-g‘aru (dushman tomonga), beg-kärü (bekka) kabi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin