Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Qachon? ma’noli olmosh qa-



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə92/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Qachon? ma’noli olmosh qa- o‘zakli olmosh (qumiq va tatar tillarida qay-) -chan affiksining birikuvidan hosil bo‘ladigan: olt., qirg‘., uyg‘., shor. qachan, o‘zb. qachon, qoz., q.qalp., no‘g‘. qashan, tuv. qajan, turkm., xak. xachan, chuv xъz‘an, yoq. xahan, qum. qaychan, tat. qaoyshan, qaoshan, boshq. qa°san. Bulardagi ikkinchi qism mustaqil so‘z bo‘lmasdan, qadimgi vosita yoki birlik kelishigidagi chaq (chag‘-їn- vaqt) bo‘lib, qachon so‘zi esa bir vaqtlar qaysi vaqt? yoki qaysi vaqtda? ma’nosini anglatgan.
Ayrim turkiy tillarda qachon? ma’nosini ifodalashning boshqa ma’nolari vujudga kelgan. Chunonchi, ozarbayjon tilida hachan~nä vaxt, turk tilida ne vak їt~nezaman, turkman tilida ne vagt, o‘zb. qay vaqt kabi.
Ko‘pchilik turkiy tillardagi qayerda? ma’nosidagi so‘roq olmosh-ravishlari qay o‘zagi va o‘rin kelishigi birikuvidan tashkil topgan: olt., qoz., qalp., qirg‘., qum., no‘g‘., tuv., o‘zb., shor. qayda, tat. qaoyda, xak. xayda.
Yoqut tilidagi xannaolmosh o‘zagi ishlatilgan. Ozarbayjon tilidagi harada o‘zagida olmosh o‘zagi qa+ra (qadimgi jo‘nalish kelishigi affiksi) +da (o‘rin kelishigi affiksi)dan tashkil topgan.
Qayerda? ma’nosidagi so‘roq olmosh-ravishning vujudga kelishida ikkita xarakterli xususiyat kuzatiladi. Boshqird, qozoq, qirg‘iz, no‘g‘oy, chuvash, yoqut (ba’zan tatar tilida ham) qayerda? va qayerga? ma’nosidagi forma ishlatiladi: qoz. qayda?.
Ta’kidlash kerakki, -da ko‘rsatkichli qadimgi turkiy chiqish-o‘rin kelishigiga qaysi tomongadir yo‘naltirilgan harakatni ifodalash ma’nosi xos bo‘lmagan.
Ayrim turkiy tillarda yo‘nalish harakatini yo‘nalish kelishigi yordamida ifodalash (bunda uning qadimgi forma ko‘rsatkichlari yangi formalar bilan qo‘llanilish) tendensiyasi yuzaga kelmoqda: turkm. ni-rä, ni-rek, tur. ne-re-ye, ozarb. ha-ra, ha-ra-ya kabi. Ba’zan yo‘nalish kelishigi affiksi o‘rin kelishigi affiksiga qavat keladi: olt qay-da-ar, xak. xay-d-ar. Bundan tashqari, quyidagi tasviriy formalar ham qo‘llanilishi mumkin: qoz. qay jaqqa? (qayerga?, qaysi tomonga?), o‘zb. qayerga?, qay yerga? uyg‘. qayärgä? (qayerga? qaysi joyga?) kabi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin