4.6. O‘zlik olmoshlari. Turkiy tillarda o‘zlik olmoshlari mustaqil so‘zlar hisoblanadi. Farqli tomoni shundaki, ular faqat egalik affikslari bilan birga qo‘llaniladi. Turkiy tillarning ko‘pchiligida o‘zlik olmoshi dastlabki ma’nosi- «ich», «o‘zak» ma’nosidagi ö:z arxitipi bilan hosil qilinadi: ozarb., qirg‘., turkm., qum., qr.tat., o‘rx.en., qar. özüm, qoz., q.qalp., no‘g‘., o‘zb. özim, barab. tat. üsim, tat. üzim, gal.qar. ezim, uyg‘. özäm.
Shor, xakas, tuva, oltoy va tofalar tillarida o‘zlik olmoshi dastlabki ma’nosi “gavda”ni anglatgan bo:z arxitipdan hosil qilinadi: shor., xak. pozїm (o‘zim), tuv., tof. bodum, olt. boyїm.
Yoqut tilida o‘zlik olmoshi mo‘g‘ul tilidan o‘zlashgan beye (gavda) so‘zidan hosil qilinadi: beyem (o‘zim), beyen (o‘zing) kabi.
Turk va gagauz tillarida o‘zlik olmoshi kändi so‘zidan hosil qilinadi: tur kendim (o‘zim), kendin (o‘zing) kabi. Uning kelib chiqishi aniq emas. Qorachoy-balqar tilida o‘zim ma’nosidagi o‘zlik olmoshi kes (o‘zim), kesim (o‘zim) so‘zidan, chuvash tilida esa xam so‘zidan hosil qilinadi. Bu so‘zlarning ham etimologiyasi ma’lum emas.
4.7. Umumlashtiruvchi olmoshlar. Ayrim turkologlar olmoshlarning bu turini aniqlovchi olmoshlar deb ataydilar. Turkiy tillarda umumlashtiruvchi olmoshlarni ikkita guruhga: 1) jamlovchi; 2) umumlashtiruvchi-ayiruvchi olmosh-larga ajratish mumkin.
4.7.1.Jamlovchi olmoshlar. Olmoshning bu turi, ko‘pincha, bar (bor) so‘zidan hosil qilinadi. Ular turli usullar bilan vujudga keladi:
1) -ї(-sї) ko‘rsatuvchi yuklamani qo‘shish bilan: turkm., qum., uyg‘., qar. barї (barchasi), qirg‘. ba:rї, chuv. puri, yoq. barї, barї-ta;
2) -cha//-chä affiksini qo‘shish bilan: tat. baorsha (barcha), qoz. barsha, uyg‘., o‘zb. barcha, shor. parcha;
3) -ta//-tä affikslarini qo‘shish bilan: purde (barcha);
4) jalmlik ma’nosidagi -lїq//-lik affiksini qo‘shish bilan: tat. baorlїq (barchasi), qirg‘. bardїq, qoz., q.qalp. bardьq.
Turkiy tillarda büt o‘zagiga -їn//-in affiksini qo‘shish orqali hosil qilingan jamlovchi olmoshlar keng tarqalgan: qoz., no‘g‘. butin, qum., o‘zb., tur. butun, barab. tat. pütin, turkm. bütin, uyg‘. pütün kabi.
Ba’zan bu o‘zakka -kul affiksi qo‘shiladi: qoz., qirg‘. bütkül (butkul).
Dostları ilə paylaş: |