Algebraik aniqlik darajasi eng yuqori bo’lgan formulalar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/6
tarix17.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#75909
1   2   3   4   5   6
Algebraik aniqlik darajasi eng yuqori bo’lgan formulalar

KIRISH


XXI asr tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi.Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda, uning asosini aloqa vositalari, kompyuter industriyasi, televideniyadagi keng texnologik o‘zgarishlar tashkil qiladi. Axborotlar almashish tezligi va ulardan yanada samarali foydalanish hajmi o‘sib bormoqda. Xususan, «konvergensiya» — bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televideniya va kompyuterlar orasidagi farqni yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, bularga Internet, mobil telefoniya misol bo‘la oladi.
Globallashuv asrida biron bir faoliyat sohasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya sohalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga tatbiq etilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro huquq me’yorlarini hisobga olgan holda, AKT sohasidagi milliy qonunchilik muntazam takomillashtirilmoqda. Ushbu qonunchilik bugun mualliflik va boshqa turdosh huquqlar, elektron imzo, tijorat, to‘lovlar, hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solmoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorliklarini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim masala hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va boshqaruvning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida 2003 - 2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.


Taqribiy Integrallash masalasi.


Ma’lumki, ba’zi bir obyektlarni matematik modellashtirishda jism sirti va
hajmini, jism og’irlik markazi va inersiya momentini, biror kuch ta’sirida bajarilgan ish miqdorini aniqlashga to’g’ri keladi. Bu kattaliklarni aniqlash, masalaning berilishiga bog’liq ravishda berilgan analitik funksiyani biror oraliqda aniq integrallashga keltiriladi. Shu bilan birga qaralayotgan masalaning xususiyatiga bog’liq ravishda integrallanuvchi funksiya shunday ko’rinishni oladiki, natijada uni aniq integrallash imkoni har doim ham mumkin bo’lavermaydi.
Amaliy va nazariy masalalarning ko’pchiligi biror [a,b] oraliqda uzluksiz bo’lgan   funksiyadan olingan   aniq integralni hisoblashga keltiriladi. Ammo integral hisobining asosiy formulasi

(bu yerda F(x) funksiya f(x) funksiyaning boshlang’ich funksiyasi) amaliyotda ko’pincha ishlatilmaydi. Chunki ko’p hollarda F(x) ni elementar funksiyalarning chekli konbinatsiyasi orqali ifodalab bo’lmaydi. Bundan tashqari amaliyotda f(x) jadval ko’rinishda berilgan bo’lishi ham mumkin, bunday holda boshlang’ich funksiya tushunchasining o’zi ma’noga ega bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham aniq integrallarni taqribiy hisoblash metodlari katta amaliy ahamiyatga ega. Bu hollarda integrallarni taqribiy hisoblash usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Aniq integrallarni taqribiy hisoblashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ulardan ayrimlarining algoritmlari bilan tanishib chiqaylik.


Biz f(x) funksiyalarning yetarlicha keng sinfi uchun   aniq integrallarning taqribiy qiymatini integral ostidagi f(x) funksiyaning [a,b] oraliqning chekli songa olingan nuqtalaridagi qiymatlarining chiziqli kombinatsiyasiga keltiriladigan metodlarni ko’rib chiqamiz:
  (1.1.1)
Bu yerda  (k=1,2,…,n) kvadratur formulaning tugunlari   kvadratur formulaning koeffisentlari va   kvadratur yig’indi deyiladi. Kvadratur formulaning tugunlari   va koeffisentlari   funksiyaning tanlanishiga bog’liq bo’lmasligi talab qilinadi.
Ushbu
  (1.1.2)
ifoda esa kvadratur formulaning qoldiq hadi yoki xatosi deyiladi. Odatda (1.1.1) formulaga nisbatan umumiyroq kvadratur formula deb qaraladi. Faraz qilaylik, F chekli yoki cheksiz [a,b] oraliqda aniqlangan f(x) funksiyalarning biror sinfi bo’lsin.Endi quyidagi kvadratur formula:
  (1.1.3)
va uning qoldiq hadi:
  (1.1.4)
ni qaraymiz.
Quyida [a,b] oraliqni chekli deb faraz qilib, biz kvadratur formula tuzishning ayrim yo’nalishlarini qisqacha ko’rib chiqamiz:
1.Ko’pincha kvadratur formula tuzish uchun   funksiya [a,b] oraliqda n ta   nuqtalar yordamida interpolyatsiyalanadi:

Endi buni   ga ko’paytirib integrallasak,

kelib chiqadi, bu yerda

Shu usulda tuzilgan kvadratur formulalar interpolyatsion formulalar deyiladi.
2. Veyershtras teoremasiga asosan, chekli oraliqda uzluksiz funksiyalarni algebraik ko’phadlar bilan yetarlicha yuqori aniqlikda yaqinlashtarish mumkin. Shu bilan birga ko’phad darajasi qancha yuqori bo’lsa, aniqlik ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham (1.1.3) formulada   va   parametrlarni shunday tanlashga harakat qilinadiki, bu tenglik yetarlicha yuqori darajali algebraik ko’phadlar uchun aniq bo’lsin. Shu usul bilan tuzilgan (1.1.3) formula [a,b] oraliqda uzluksiz bo’lgan ko’p funksiyalarni integrallashda aniqlik jihatidan yaxshi natija beradi. Odatda, (1.1.3) formula barcha darajali ko’phadlar uchun aniq bo’lib,   uchun aniq bo’lmasa, u holda uning algebraik aniqlik darajasi m ga teng deyiladi.
Faraz qilaylik,   funksiya davriy funksiya bo’lib, uning davri   ga teng bo’lsin va   integralni hisoblash talab qilinsin. U holda (1.1.3) formulaga   va   parametrlarni shunday tanlashga harakat qilinadiki, u imkon boricha yuqori tartibli trigonometrik ko’phadlarni aniq integrallasin. Aniqlik darajasi (tartibi) eng yuqori bo’lgan kvadratur formulalar katta ahamiyatga ega. Bunday formulalar Gauss tipidagi kvadratur formulalar deyiladi.
3. Kvadratur formulalar tuzishda elliginchi yillarning oxirlaridan boshlab yangi bir yo’nalish rivojlana boshladi. Uning mohiyati quyidagidan iborat. Bizga   funksiyalarning biror sinfi F berilgan bo’lsin. Butun F sinf uchun aniqlikni tavsiflaydigan miqdor sifatida quyidagi aniq yuqori chegara

olinadi. Bu yerda [a,b] da   tugunlarini va   koeffisentlarni shunday tanlash talab qilinadiki,   o’zining eng kichik qiymatiga erishsin. Bunday formulalar, tabiiy ravishda, funksiyalarning F sinfiga eng kichik xatoga ega bo’lgan formulalar deyiladi.
Masalani boshqacha tarzda ham qo’yish mumkin, ya’ni   yoki   larga nisbatan ayrim shartlar bilan, masalan, koeffisentlarning o’zaro teng bo’lishlari  
yoki tugunlarning bir xil uzoqlikda joylashgan bo’lishligi kabi va hokazo.
Integrallarni (1.1.3) formula yordamida hisoblashda, kvadratur yig’indi umuman taqribiy ravishda hisoblanadi. Odatda   o’rnida biror   ga ega bo’lamiz, demak

bu yerda   – yaxlitlash xatosi. Faraz qilaylik, barcha k=1,2,…,n uchun   bo’lsin. Agar ko’paytmalarning yig’indisi   aniq hisoblansa, u holda kvadratur yig’indini hisoblashda yaxlitlash xatosi   dan ortmaydi, xususan teng bo’lishi ham mumkin.
Faraz qilaylik, (1.1.3) formula   ni aniq integrallasin, ya’ni,

Bundan, ravshanki   eng
kichik qiymatini qabul qilishi uchun barcha  lar uchun   bo’lishi kerak. Bu esa musbat koeffisentlarni kvadratur formulalar katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin