Algebraik aniqlik darajasi eng yuqori bo’lgan formulalar
Xulosa
Mazkur BMI da aniq integrallarni taqribiy hisoblashning bir nechta metodlari va ularning qo’llanilishiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Analitik usullar yordamida integrallarni hisoblab natija chiqarishning har doim ham imkoni yo’qligi sababli aniq integrallarni taqribiy hisoblash metodlari yaratilgan. Bu metodlar yordamida integrallarni hisoblashda olingan yechimlar aniq qiymatga judayam yaqin bo’ladi.
BMI ning 1-bobida integralning geometrik ma’nosi va uning qiymatini taqribiy hisoblash uchun yaratilgan eng sodda interpolyatsion metodlar, to’g’ri to’rtburchak, trapetsiya,Simpson kvadratur formulalari, Nyuton – Kotes kvadratur formulasi, umumlashgan kvadratur formulalar, Meler kvadratur formulasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu metodlar tahlil qilinib qanday ko’rinishdagi misollarda qaysi birini qo’llash yuqori samara berishi aytib o’tilgan. Barcha metodlarni yaqinlashishi va xatoliklari tahlil qilingan. Keltirilgan metodlar uchun Mathcad tizimida algoritm va dasturlar yaratilgan aniq misollarda qo’llanilib bu metodlarni aniqliligi tahlil qilingan.
BMI 2- bobida integrallarni taqribiy hisoblash uchun yuqori tartibli Gauss tipidagi kvadratur formulalar keltirilgan. Bunda Gauss koeffitsiyentlarni aniqlash uchun Lejandr ko’phadidan foydalanilgani aytib o’tilgan. Yuqori tartibli Gauss tipidagi kvadratur formulalar uchun ham Mathcad tizimida algoritm va dastur tuzildi va bu dasturdan aniq misollarni hisoblashda qo’llab yuqori natijalar olindi. Bundan tashqari effektiv formulalari hosil qilish uchun chegaraviy ordinatalardan foydalanish kerakligi aytib o’tilgan.