"Algoritm" jamoasi savollar paketi. mad_max93August 16, 2022
1. Tadbirkor ayollarimiz murabbo tayyorlashda ko‘pincha o‘rik, gilos yoki shaftolini emas balki anjirni tanlashadi. Gap bu yerda uning narxi yoki shirasida emas. Bu yerda boshqa bir sabab asosiy rol o‘ynaydi.
Savol: Bu qanday sabab?
Javob: Gap shundaki o‘rik gilos yoki shaftolidan farqli o‘laroq anjirda danak bo‘lmaydi va undan deyarli chiqit chiqmaydi va murabbo barakali bo‘ladi.
2. Latifa. Bir kuni AQSH prezidenti Ronald Reygan va sobiq ittifoq rahbari A.Brejnev o‘z yurtlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarni bir-biriga maqtashadi. R.Reygan “Ford” avtomobilidagi haydovchilar uchun yaratilgan qulayliklarni maqtaydi. A.Brejnev o‘z navbatida bizning avtomobil “IKS” siz ham yura oladi deydi.
Savol: “IKS”ni yozib bering.
Javob: Motor.
Izoh: Zaparojes mashinalari motori orqa tomonda bo‘ladi. A.Brejnev mashina oldi kapotini ochib bizning mashinalar motorsiz ham yuradi degan ekan. 3. Yurtimizning ayrim viloyatlarida ma’lum bir haq evaziga bu ish bilan shug‘ullanuvchi ayollar guruhini uchratishimiz mumkin. Ular uchun qo‘yiladigan talablar – ovoz diapazoni kengligi va maxsus kiyim-bosh.
Savol: Bu ayollar guruhi qanday ish bilan shug‘ullanishadi.
Javob: Ma’rakalarda baland ovozda yig‘lashadi.
4. Counter-Strike bo‘yicha professional turnirlar tashkilotchilari turli ko‘rsatkichlar uchun bonuslar to‘laydilar. Ishtirokchilar o‘z raqiblari qo‘shimcha pul olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Bu ishni qilish»ni boshlashgan. Va tashkilotchilar bu ishni qilishni taqiqlab qo‘yishgan.
Savol: 1961-yilda qaysi mashhur shaxs bu ishni qilgan?
Javob: Ernest Xeminguey
Izoh: Bu ishni qilish o‘z joniga qasd qilish edi. Turnir tashkilotchilari Counter-Strike o‘yinchilariga o‘z joniga qasd qilishni taqiqlaydi. Ernest Xeminguey uzoq davom etgan depressiyadan so‘ng o‘z uyida o‘zini otib o‘ldiradi. 5. Jahon Chempionati muhim qarama-qarshiliklarida U amalga oshishi juda qiyin masala. Shu sababdan Chempionlik bahslarida Uning birinchisi 1978-yilda, ikkinchisi esa 2016-yilda qayd etilgan. Wikipediya ma'lumotlariga ko‘ra unga umidsizlikdagi umid deya ta'rif berilgan.