1.choynak qopqog‘i ochilsin;
2.choynak qaynoq suv bilan chayilsin;
3.choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;
4.choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;
5.choynakning qopqog‘i yopilsin;
6.choynak sochiq bilan yopilib, besh daqiqaga qoldirilsin.
Chiziqli algoritm blok-sxema ko‘rinishida
12 Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Agar hisoblash jarayoni biror-bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlari tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlarni tasvirlash uchun “ayri” tuzilmasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi tuzilmasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishi ta’minlanadi
Shartga muvofiq bajariladigan ko’rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlardeb ataladi.
Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar. Masalalarni tahlil etish jarayonida algoritmdagi ba’zi ko‘rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish mumkin. Masalan, eng katta kvadratlar kesib olish masalasi (4-dars 5-misol), Evklid algoritmi (5-dars 2-misol). Hayotimizda ham juda ko‘p jarayonlar takrorlanadi. Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni nonushta qilish yoki maktabga borish va hokazo. Ko‘rsatmalari takroriy bajariladigan algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlar deb ataladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar “ I := I + 1 ”, “ S := S + I ” yoki “ P := P * I ” ko‘rinishidagi ko‘rsatmalarning ishtiroki bilan ajralib turadi (* – ko‘paytirish amali). Bunday ko‘rsatmalarning mazmunini tushunish uchun takrorlanishning bir nechta qadamini ko‘rib chiqish lozim/
14. Sharti oldindan berilgan takrorlanuvchi jarayonlar
Sharti oldin berilgan takrorlanish operatorining ko’rinishi quyidagicha:
while() { } shart yolg’on qiymat qabul qilsa, tsikl bajarilishidan to’htaydi. Agar shart rost bo’lsa, tsikl davom etadi.
15.Sharti oxiridan berilgan takrorlanuvchi jarayonlar
Sharti keyin berilgan takrorlanish operatorining ko’rinishi quyidagicha:
do { } while() Ikkila holda ham shart yolg’on qiymat qabul qilsa, tsikl bajarilishidan to’htaydi. Agar shart rost bo’lsa, tsikl davom etadi.
16. Parametrli takrorlanish
Parametrli takrorlanish operatori quyidagidan iborat:
for( int i = k1; i <= k2; i++) yoki
for( int i = k2; i >= k1; i––) bu yerda k1 Parametrli takrorlanish operatori aniq takrorlanishga ega bo’lgan dasturlar uchun dasturchiga qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ko’pgina hollarda, takrorlanuvchi jarayonlardagi takrorlanishlar soni oldindan ma’lum bo’lmaydi, tsikldan chiqish esa ma’lum bir shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga bog’lik holda bo’ladi. Bu hollarda sharti keyin berilgan takrorlanish operatori yoki sharti oldin berilgan takrorlanish operatoridan foydalanish zarur. Agar tsikldan chiqish sharti, takrorlanuvchi jarayonning oxirida joylashgan bo’lsa, do…while() operatoridan, bosh qicmida joylashgan bo’lsa while() operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.