Yechish algoritmi juda oddiy. Diskriminant hisoblanadi, agar u 0 dan katta yoki unga teng bo'lsa, u holda ildizlar quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
yoki
Kvadrat tenglama ildizlarini topish algoritmining blok sxemasini
quyida ko’rishimiz mumkin.
Boshlash
Kiritish: a,b,c
D=b2-4ac
Yo’q ha
D<0
Chiqarish: “Tenglama ildizga ega emas”
Chiqarish: x1, x1
Yakunlash
9. Evklid algoritmi
Evklid algoritmi — ikkita butun sonning eng katta umumiy bo`luvchisini topish, shuningdek ikkita o`lchovdosh kesmaning umumiy o`lchovini topish usuli. Ikkita musbat butun sonning eng katta umumiy b o`luvchisini topish uchun avvalo katta sonni kichik songa bo`lish, so`ngra kichik sonni katta sonning qoldig`iga, keyin esa birinchi qoldiqni ikkinchi qoldiqqa va hokazo bo`lish lozim. Bu jarayondagi noldan farqli oxirgi qoldiq berilgan sonlarning eng katta umumiy bo`luvchisi bo`ladi. Eng katta umumiy bo`luvchi (EKUB)
Ta`rif: a1,a2,a3,…,anZ sonlarning umumiy bo`luvchisi deb, berilgan sonlarning har biri bo`linadigan dZ songa aytiladi.
Berilgan sonlarning umumiy bo`luvchi shu sonlarning barcha umumiy bo`luvchilariga bo`linsa, bu umumiy bo`luvchi berilgan sonlarning eng katta umumiy bo`luvchi deyiladi.
Berilgan sonlarning eng katta umumiy bo`luvchisi EKUB(a1,a2,a3,…,an) kabi belgilanadi.
Eng katta umumiy bo`luvchining ta`rifidan ushbu muhim xossa kelib chiqadi:
• agar d=EKUB(a1,a2,a3,…,an) bo`lsa, a1, a2, a3, … , an sonlarning barcha umumiy bo`luvchilari to`plami d sonining barcha bo`luvchilaridan iborat bo`ladi.
• agar d=EKUB(a1,a2,a3,…,an) bo`lsa, u holda d=EKUB(a1,a2,a3,…,an,0) bo`ladi. Aksincha, agar d=EKUB(a1,a2,a3,…,an,0) bo`lsa, d=EKUB(a1,a2,a3,…,an) bo`ladi.
Agar EKUB(a1,a2,a3,…,an)=1 bo`lsa, a1, a2, a3, … , an sonlar “o`zaro tub sonlar” deyiladi.
Endi berilgan sonlarning eng katta bo`luvchisini qanday topish mumkinligi haqida fikr yuritamiz.
a,bZ, a ≠ 0, b ≠ 0 sonlar uchun: c1, c2, c3, …, cn-1, cn ketma-ketlikni quyidagi tuzamiz:
c1=a, c2=b deb olamiz. Agar bo`lsa, EKUB(a,b)=b bo`ladi. Aks holda c1 ni c2 ga bo`lishda hosil bo`lgan qoldiqni c3 deb olamiz, c2 ni c3 ga bo`lishdagi qoldiqni c4 deb olamiz va hokazo.
Bunday qoldiqli bo`lishlar ketma-ketligini qulaylik uchun tengliklar zanjiri ko`rinishida bunday yozamiz:
0>
Dostları ilə paylaş: |