6 Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi
7.Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar. Masalalarni tahlil etish jarayonida algoritmdagi ba’zi ko‘rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish mumkin. Masalan, eng katta kvadratlar kesib olish masalasi, Evklid algoritmi). Hayotimizda ham juda ko‘p jarayonlar takrorlanadi. Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni nonushta qilish yoki maktabga borish va hokazo. Ko‘rsatmalari takroriy bajariladigan algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlar deb ataladi
22. Chiziqli qidirish (Linear search) algoritmi va uning murakkabligini baholash Chiziqli qidirish algoritmi qanday ishlaydi Aytib o’tganimizdek, bu algoritm juda ham sodda ishlaydi va tasavvur qilishga ham oson. Arrayning birinchi elementidan tekshirish boshlanadi. Element olinadi va u berilgan shartga tekshirib ko’riladi. Agar shartni qanoatlantirsa, uning qiymati yoki joylashgan o’rni (qiymati yoki shunchaki true) qaytariladi va algoritm tugaydi. Shart qanoatlantirilmasa, keyingi elementga o’tiladi va 2-qadamga qaytiladi Array tugab, element topilmasa, buni anglatuvchi qandaydir qiymat qaytariladi (-1 yoki false…) Algoritm murakkabligi Chiziqli qidirish algoritmining vaqt bo’yicha murakkabligi uning nomidan ham ma’lum, ya’ni chiziqli O(n). Ya’ni, eng yomon holat sifatida element array bo’lmagan holat qaraladi va bunda algoritm maksimum n ta qadam ish bajarishi kerak bo’ladi.Xotira jihatidan, algoritm ortiqcha joy talab qilmaydi.