Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Misol uchun maktab jismoniy tarbiya darsi. Bu dars boshida bolalar bo`ylariga qarab safda turishadi. Me`yor topshirish jarayonida esa sinf jurnalidagi familyalar ketma-ketligiga qarab topshirishadi. Shu yerning o`zida 2ta saralashdan foydalanilyapti. Biri, bo`y uzunligi bo`yicha, ikkinchisi sinf jurnalidagi o`rinlar bo`yicha Ma`lumotlar o`lchamlari esa juda katta, shu sabali ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi. Buni yechimi sifatida bir necha turdagi algoritmlardan foydalaniladi. Ular:
Bu algoritm chiziqli ma’lumotlar tuzilmalaridan (masalan, array) biror bir shart yoki qiymat bo’yicha element qidirishga mo’ljallangan. Chiziqli qidirish algoritmi qanday ishlaydi Aytib o’tganimizdek, bu algoritm juda ham sodda ishlaydi va tasavvur qilishga ham oson. Arrayning birinchi elementidan tekshirish boshlanadi. Element olinadi va u berilgan shartga tekshirib ko’riladi. Agar shartni qanoatlantirsa, uning qiymati yoki joylashgan o’rni (qiymati yoki shunchaki true) qaytariladi va algoritm tugaydi. Shart qanoatlantirilmasa, keyingi elementga o’tiladi va 2-qadamga qaytiladi Array tugab, element topilmasa, buni anglatuvchi qandaydir qiymat qaytariladi (-1 yoki false…) Binar qidiruv