Listing 7.1. for konstruksiyasidan foydalangan holda funksiya qiymatini hisoblash dasturi.
7.3. foreach operatori Ushbu operator massiv va unga o‘xshash kontaynerlardan ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi.
Sintaksisi: foreach(>in <kontayner>) bu yerda:
- ichidan elementining qiymati o‘qib olinayotgan massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchining tipi.
- massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchi elementining qiymatini o‘zlashtirib oluvchi o‘zgaruvchi.
-elementlarining qiymati o‘qib olinuvchi massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchi.
Misol:
int[] array = new int[] { 1, 2, 3, 4, 5 };//massiv foreach (int i in array) { Console.WriteLine(i); }
Yuqoridagi misolda kontayner sifatida int tipidagi array nomli massiv dan foydalanilyapti, shu sababli int tipidagi i nomli o‘zgaruvchini initsializatsiya qilib olinyapti. Ushbu sikl avtomatik tarzda kontaynerning barcha elementlarini navbatma navbat o‘qiydi.
7.4. while va do..while konstruksiyalari. while operatori - shartni avval tekshirib olib so‘ngra, sikl tanasini bajarishga o‘tadi.
Sintaksisi: while (shartli ifoda) { … operator(lar)… } Bu yerda:
shartli ifoda – takrorlashni tugallanishini yoki davom etishini belgilovchi mantiqiy ifoda, u har bir iteratsiyadan oldin tekshiriladi. Ushbu ifodaning qiymati true bo‘lsa, takrorlanish jarayoni davom etadi va aksincha false bo‘lsa takrorlash tugallanadi. ;
operator(lar)- sikl tanasi.
Misol:
int i = 6; while (i > 0) { Console.WriteLine(i); i--; } 7.1-rasmda keltirilgan funksiyani while takrorlash konstruksiyasi orqali hisoblash dasturi 7.2-listingda keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
double Xn = -2, Xk = 12, dX = 2, t = 2, y;
Console.WriteLine( "| x | y |" );
double x = Xn;
while ( x <= Xk )
{
y = t;
if ( x >= 0 && x < 10 ) y = t * x;
if ( x >= 10 ) y = 2 * t;
Console.WriteLine( "| {0,6} | {1,6} |", x, y );
x += dX;
}
}
}
}