Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə26/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Listing 7.2. while konstruksiyasidan foydalangan holda funksiya qiymatini hisoblash dasturi.
do..while operatori
Ushbu takrorlash jarayoni eng kamida bir marta takrorlanadi. Chunki takrorlashni sharti sikl tanasidan so‘ng tekshiriladi.
Sintaksisi:
do
{
… operator(lar)…
}
while (shartli ifoda);

Bu yerda:


operator(lar)- sikl tanasi.
shartli ifoda – takrorlashni tugallanishini yoki davom etishini belgilovchi mantiqiy ifoda, u har bir iteratsiyadan oldin tekshiriladi. Ushbu ifodaning qiymati true bo‘lsa, takrorlanish jarayoni davom etadi va aksincha false bo‘lsa takrorlash tugallanadi. ;
Misol:
int i = 6;
do
{
Console.WriteLine(i);
i--;
}
while (i > 0);

Ushbu operatordan takrorlanish jarayoni hech bo‘lmaganda bir marta bajarilishi shart bo‘lgan masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi.


7.3-listingda y tugmasi bosilmagunga qadar ekranga “Shokolad sotib olsizmi ?” yozuvini chiqaruvchi dastur matni keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
char answer;
do
{
Console.WriteLine( " Shokolad sotib olsizmi ?" );
answer = (char) Console.Read();
Console.ReadLine();
} while ( answer != 'y' );
}
}
}
Listing 7.3. Bosilgan tugmani tekshirish
7.5. Boshqaruvni uzatish operatorlari
Boshqaruvni uzatish operatorlari dasturning bajarilish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. C# da beshta boshqaruvni uzatish operatori mavjud:

Ushbu operatorlar ular yozilgan blok ichidan shu blok tashqarisiga boshqaruvni uzatish uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin