Listing 7.2. while konstruksiyasidan foydalangan holda funksiya qiymatini hisoblash dasturi.
do..while operatori Ushbu takrorlash jarayoni eng kamida bir marta takrorlanadi. Chunki takrorlashni sharti sikl tanasidan so‘ng tekshiriladi.
Sintaksisi: do { … operator(lar)… } while (shartli ifoda);
Bu yerda:
operator(lar)- sikl tanasi.
shartli ifoda – takrorlashni tugallanishini yoki davom etishini belgilovchi mantiqiy ifoda, u har bir iteratsiyadan oldin tekshiriladi. Ushbu ifodaning qiymati true bo‘lsa, takrorlanish jarayoni davom etadi va aksincha false bo‘lsa takrorlash tugallanadi. ;
Misol:
int i = 6; do { Console.WriteLine(i); i--; } while (i > 0);
Ushbu operatordan takrorlanish jarayoni hech bo‘lmaganda bir marta bajarilishi shart bo‘lgan masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi.
7.3-listingda y tugmasi bosilmagunga qadar ekranga “Shokolad sotib olsizmi ?” yozuvini chiqaruvchi dastur matni keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
char answer;
do
{
Console.WriteLine( " Shokolad sotib olsizmi ?" );
answer = (char) Console.Read();
Console.ReadLine();
} while ( answer != 'y' );
}
}
}
Listing 7.3. Bosilgan tugmani tekshirish
7.5. Boshqaruvni uzatish operatorlari Boshqaruvni uzatish operatorlari dasturning bajarilish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. C# da beshta boshqaruvni uzatish operatori mavjud: