Python operatorlari



Yüklə 19,49 Kb.
tarix19.04.2022
ölçüsü19,49 Kb.
#55795
2-mavzu

Python operatorlari


Operatorlar o’zgaruvchi va qiymatlar ustida amallar bajarish uchun ishlatiladi. Python operatorlari quyidagilar:

  • Arifmetik operatorlar

  • O’zlashtirish operatorlar

  • Taqqoslash operatorlari

  • Mantiq operatorlari

  • Aniqlash operatorlari

  • A’zolik operatorlari

  • Bitli operatorlar

Arifmetik operatorlar


Arifmetik operatorlar odatiy matematik amallarni bajarish uchun ishlatiladi:

+ Qo’shish x+y

- Ayirish x-y



* Ko’paytirish x*y

/ Bo’lish x/y

% Qoldiqli bo’lish x%y

// Butunli bo’lish x//y

Ularni amalda sinab ko’rsak yaxshiroq tushunamiz:



x = 10 y = 3

print(x + y)

print(x - y)

print(x * y)

print(x / y)

print(x % y)

print(x ** y) print(x // y)





13 7

30

3.3333333333333335

1

1000

3

O’zlashtirish operatorlari


= x = 5 x=5

+= x += 3 x = x+3

- = x -= 3 x= x -3 *= x *= 3 x= x*3

/= x /= 5 x = x/5

%= x %= 5 x=x%5

//= x //= 5 x = x//5

**= x **= 5 x=x**3

&= x &= 3 x=x&3

|= x |= 3 x = x|3

^= x ^= 3 x =x^3

>>= x >>= 3 x=x>>3

<<= x <<= 3 x=x<<3

x = 5 x+=3 print(x)x=3 print(x)x*3

print(x)


Taqqoslash operatorlari


Taqqoslash operatorlari qiymatlarni o’zaro taqqoslash uchuyn ishlatiladi:

= = Teng x == y

!= Teng emas x != y

> Katta x > y

< Kichik x < y

>= Katta yoki teng x >= y

<= Kichik yoki teng x <= y

Mantiq operatorlari


Mantiq operatorlar shartlarni birlashtirib ishlatish uchun kerak:

  • and - Agar ikkala shart ham rost bo’lsa, rost qiymat qaytaradi.

  • or - Kamida bitta shart rost bo’lsa ham rost qiymat qaytaradi.

  • not - Shart qiymatini teskarisiga o’zgartiradi, ya’ni rost bo’lsa yolg’on, yolg’on bo’lsa rost bo’ladi.

a = 5

print (a>3 and a<10) print (a>3 or a<4)

print (not(a>3 and a<10))



True True False


Aniqlash operatorlari


Aniqlash operatorlari o’zaro 2 ta obyektlarni solishtiradi. Bunda ularning o’zaro qiymatlarini tengligi bo’yicha emas, haqiqatdan ham ular bir xil obyekt ekanligi va bir xil xotira yo’nalishiga ega ekanligi bo’yicha taqqoslanadi. Bu operatorlar 2 ta:

is - Ikkala o’zgaruvchi ham bir xil obyekt bo’lsa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi.  is not - Obyektlar bir xil bo’lmasa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi.



x = ["olma", "banan"] y = ["olma", "banan"] z = x

print(x is z) print(x is y) print(x == z)

#------------------------------------------------------------------------

print(x is not z) print(x is not y) print(x != z)



True False True False True False

A’zolik operatorlari


A’zolik operatorlari biror ketma-ketlik obyektga tegishli ekanligini tekshiradi:

  • in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lsa, rost qiymat qaytaradi.

  • not in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lmasa, rost qiymat qaytaradi.

x = ["audi", "mustang"]

print("audi" in x)

print("audi" not in x)

True False


Bitli operatorlar


Bitli operatorlar ikkilik sanoq sistemasi bilan ishlashda kerak bo’ladi:

  • & (AND) - Ikkala bit ham 1 ga teng bo’lsa, 1 ga o’rnatiladi.

  • | (OR) - Kamida bitta bt 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham 1 ga o’rnatadi.

  • ^ (XOR) - Faqat bitta bit 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham birga o’rnatadi.

  • ~ (NOT) - Barcha bitlarni invertlaydi (teskarisiga o’zgartiradi)

  • << - O’ngdan chapga nollarni siljitib, chapdagi chetki bo’laklarni tushirib yuboradi.

  • >> - Chapdan o’ngga bitlarning nusxalari kiritilib siljitib boriladi. O’ngdagi chetki bitlar tushib qoladi.

Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin