Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya


void – agar Metod protsedura sifatida qo‘llanilsa, ushbu kalit so‘zi qo‘yiladi; Qaytariluvchi qiymat tipi



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə46/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

void – agar Metod protsedura sifatida qo‘llanilsa, ushbu kalit so‘zi qo‘yiladi;
Qaytariluvchi qiymat tipi – bu Metod qaytaruvchi qiymatning tipidir;
Metod nomi – Metodni dastur va ifodalar ichida qo‘llash uchun unga berilgan nom, ya’ni murojaat qilish nomi;
argumentlar – Metod tanasida hisoblashda kerak bo‘ladigan kattalik(parametr)lar. Agar argument sifatida aniq bir o‘zgarmas qiymat uzatilishi lozim bo‘lsa, shu qiymat tipi va ana shu qiymatni Metod tanasiga olib kiruvchi o‘zgaruvchi nomi yoziladi. Agar bunda argumentlar bir nechta bo‘lsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan:
public static int func1(double a, double b, int r, string s)
{
// Metod tanasi
}
Bu yerda func1-Metodga murojaat qilish nomi. a, b, r, s lar esa Metod tanasida hisoblash uchun zaruriy parametrlar. Ushbu parametrlar sifatida avval initsializatsiya qilingan o‘zgaruvchi, o‘zgarmas yoki konkret biror qiymat qo‘yish mumkin. Bu tariqa qo‘llanilgan parametrlardan Metod tanasida biror qiymatni hisoblash uchun foydalanish mumkin, lekin aynan ushbu parametrlarning qiymatini Metod tanasida o‘zgartirish mumkin emas.
Agar Metod o‘zini qaytaruvchi qiymatidan tashqari yana qandaydir boshqa bir qiymatni qaytarishi, ya’ni Metod bir martalik murojaat qilishda bir nechta qiymatni qaytarishi zarur bo‘lsa, buning uchun qiymatni Metod tanasidan olib chiqib ketishi uchun ham parametrlardan foydalaniladi. Faqat ushbu parametrlardan avval ref kalit so‘zini qo‘llash lozim. Masalan:


public double func2(int a, double b, ref double r, ref int x)
{
r=a+b;
x=a*a;
return x+r;
}
Yuqorida keltirilgan misolda a va b sonlari Metod tanasida o‘zgarmas sifatida qo‘llaniladi, ularning qiymatlarini Metod tanasi ichida o‘zgartirish mumkin emas, shu sababli Metodga murojaat qilinganda ushbu parametrlar o‘rnida biror o‘zgaruvchi, o‘zgarmas yoki konkret son qo‘yishimiz mumkin. Lekin r va x lar o‘zi bilan Metod tanasi bajarilib bo‘lingandan so‘ng qiymat olib chiqib ketishi zarur, shu sababli Metodga murojaat qilinganda ushbu parametrlar o‘rnida faqat avval e’lon qilingan o‘zgaruvchi qo‘llaniladi.
Masalan yuqoridagi func2 Metodsiga murojaat quyidagicha bo‘lishi mumkin:
...
int t;
double f,l;
t=0;
l=func2(3, 5.2, f, t);
Console.WriteLine(“l={0}, f={1}, t={2}”,l,f,t);
...

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin