II. Tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlarni jamlovchi tizim 2.1. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan avval uni albatta loyihalab olish zarur, uning tashqi interfeysi qulay bo’lishi foydalanuvchi uchun juda muhim hisoblanadi. Dastur ikkita jadvaldan iborat hodimlar haqida ma’lumotlar bazasini saqlashi kerak. Birinchisi bitta yozuvda quyidagi maydonlarni o’z ichiga oladi: ism, familiya, telefon raqami, manzili, jinsi, o’qib bitirgan ta’lim muassasasi, lavozimi . Ikkinchisiga da birinchi jadvaldan o’chgan ma’lumotlat kelib tusgadi. Shuningdek, dastur yozuvlarni qo'shish, o'zgartirish, o'chirish va chop etish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Dastur taqdimot standartlari yordamida ma’lumotlar bazasini qattiq diskda saqlashi kerak.
Funksionallik: dastur qo’shimcha maxsus komponentlarni talab qilmaydigan to'liq dasturiy mahsulot bo’lishi kerak.
Ishonchlilik: dastur mustaqil bo’lishi kerak.
Samaradorlik: dastur operatsion tizimda ishlashi va dasturning maqsadi hamda mohiyatiga muvofiq, apparat resurslariga kichik talablar qo’yishi kerak. Dastur intuitiv foydalanuvchi uchun qulay grafik interfeysga ega bo’lishi kerak.
Dasturning barqaror ishlashi kafolatlangan kompyuterning minimal texnik xususiyatlari: