MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETININIG JIZZAX FILIALI AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI «KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» KAFEDRASI “ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Tashkilot hodimlari haqida ma’lumot jamlovchi tizim
Bajardi: “Axborot xavfsizligi ” ta’lim yoʻnalishi
II kurs 31-21- guruh talabasi Abdurahimov Otabek.
Ilmiy rahbar: Tojiyev A
Jizzax – 2023
MUNDARIJA
KIRISH 3 I. Axborot tizimlarini yaratishda berilganlar bazasidan foydalanish Berilganlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanish 6
Loyiha uchun berilganlar bazasi serverlarini sozlash 10
Axborot tizimlari uchun SQL standart so’rovlar tili 17
II. Tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlarni jamlovchi tizim 2.1.Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish ………………………………………………………………………..20
2.2 Dasturning ishlash tartibi 23
XULOSA 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
ILOVA……………………………………………………………………………28
KIRISH Ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsada hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyabdi ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli maʼlumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan eng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sunʼiy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalar-u uskunalardir. Shunisi maʼlumki, insoniyat azaldan mashina tili bilan uzviy aloqada bo‘lgan, Internetning yaratilishi dunyoni o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Internet aslida olamni kichraytirish uchun yaratilgan edi. Ammo, bugun internetsiz olam kichrayib qolayotganday tuyilyapti. Internetning imkoniyatlari yangi texnologiyalarning rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari har bir sohani qamrab olmoqda jumladan, taʼlim, iqtisod, tibbiyot, transport va boshqalar. Shu sababdan, jahon sanoat industriyasining asosiy qismi zamonaviy texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tmoqda.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli sohada tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda.
O‘zbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Yangi O‘zbekistonni yaratish uchun iqtisodiy, ta’lim, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar kabi sohalarda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Oxirgi to‘rt yil davomida mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyoti butkul yangi bosqichga qadam qo‘ydi, hayot jarayonlari tezlashdi.
Men tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlari jamlovchi tizimini kurs ishi sifatida C# dasturlash tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda windows yoki krossplatformali muhit uchun tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlari jamlovchi tizimini yaratishni o’z oldimga maqsad qilib oldim. Bu turdagi dasturiy mahsulot hozirgi kunda mavjud bo’lsada, bir tomondan C# dasturlash tilining keng imkoniyatlarini ommaga taqdim etish, boshqa tomondan tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlari jamlovchi tizimini sodda va oddiy ko’rinishiga talab yuqoriligini inobatga olgan holda ushbu dasturiy mahsulotni ishlab chiqishga qaror qildim.
Ushbu dastur tashkilot hodimlari haqida ma’lumotlarni uchun mo’ljallangan, dasturda quyidagi ma’lumotlar saqlanishi kerak: ism, familiya, telefon raqami, tug’ulgan sanasi, o’qigan ta’lim muassasasi, lavozimi , yashash manzili kiritilishi kerak. Dastur ma’lumotlar bazasini berilgan mezon bo’yicha qidirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.