I. Axborot tizimlarini yaratishda berilganlar bazasidan foydalanish 1.1 Berilganlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanish Ma’lumotlar bazasi - bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa obyektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko’pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi.Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
Har qanday axborot tizimi bizni qamragan real dunyoning ba’zi tomonlarini yoki predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin.
Muammoli muhit vaqti o‘zgarishi bilan o’zgarishi, ya’ni ob’yektlar xususiyatining o’zgarishida, eski ob’yektlarning yo’qolishi va yangilarining paydo bo’lishida ifodalanadi. Bu o’zgarishlar voqealar natijasida bo’lib o’tadi. Voqealarning ketma-ketligi jarayonni tashkil etadi. Har qanday axborot tizimi ob’yektlarning o‘zlari bilan emas, mavjudiy borliq singari, balki ularning belgili yoritqichi-idenfikatori bilan ishlaydi.
Belgi - idenfikatorlarning bosh vazifasi - ob’yektni guruhdagi turdosh ob’yektlardan farqlash.Ob’yektning idenfikatori, umumiy aytganda, ob’yektning xususiyati haqida yoki, ya’ni shunga o‘xshash, uning u yoki bu sinfga tegishligi haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin.
Ma’lumotlar. Belgili shaklda ifodalangan ob’yekt yoki ob’yektlarning muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi.
Bu ma’lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning tavsifli xususiyati shu hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga qayta kodlash axborotni yo’qotmagan holda o’tkazish mumkin. Belgili ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati - mavjud predmetli holatning qabul qiluvchiga yo’naltirilgan, belgilarning har xil tizimlarida ifodalanish imkonini beradi.
Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga yo’naltirilgan mantiqiy ifodalanish haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo’naltirilgan jismoniy ifodalanish haqida gapirish an’anaga aylangan.
Ma’lumotlar ba’zasi - ma’lum masalaga yoki biror faoliyatga taalluqli o’zaro bog’langan va alohida ko’rinishda tashkil etilgan ma’lumotlar.
MB ma’lumotlarni xususiyatlari: – to’liqlilik; – aktuallik; – qulaylik; – To’g’ri tashkil etish.
Ma’lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta’minotidan iborat avtomatlashtirilgan tizim.
Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratish “MYSQL” dasturi bilan ishlash.
MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. Bunday programmalar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi–ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi–foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti ham MBBTning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilmadan iborat bo’lsa, programma qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
Bunda programma tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
Ispolnimost-Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish;
Minimalnayapovtoryaemost- Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi;
Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao;
Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;
Migratsiya–ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:
Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:
Daraxtsimon (ierarxik) modellar;
Tarmoqli (to’rli) modellar;
Relyatsion modellar.
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish noto’g’ri. Chunki bulardan tashqari yana ma’lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan 3 turli modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda.Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Daraxtsimon (ierarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi.
Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi.Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi.Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion modellarda esa ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi ob’ektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.
MBBT alohida olingan quyidagi modullardan tashkil topadi:
MBni boshqarish bloki-disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi programmasi va sistemaning so’rovi orasidagi interfeysni aniqlaydi;
Fayl menedjeri-ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o’rtasidagi bog’lanishni boshqaradi;
Query protsessor-ingliz tilida yozilgan Query gaplarini MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi;
Prekompilyator DML(Data Manipulation Language)- ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:
Kompilyator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.
MBga qo’yiladigan talablar :
Minimum xatolik va dublikat. MBBT ga ma’lumot kiritilayotganda dublikat bo’lmasligiga tekshiriladi;
Aktualizatsiya imkoniyati. MB saklanayotgan ma’lumotlar eskirishi mumkin, bunda ma’lumotlar strukturasi yangi ma’lumotlarni kiritishga va eskisini o’chirishga imkon berishi kerak.
Ma’lumotlarni butunligini ta’minlash. MBBT ma’lumotlarni buzilishlardan ximoya kilishni ta’minlashi va buzilgan ma’lumotlarni tiklash imkoniyatini yaratish kerak;
Yuqori qidirish tezligi. Xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlash usullari ma’lumotlar banki bilan ishlashni dialog rejimini ta’minlashi kerak;
Xavfsizlik va maxfiylik. Foydalanuvchi faqat o’ziga biriktirilgan zaruriy ma’lumotlari bilan ishlashi kerak.
Murakkab so’rovlar. Foydalanuvchilarni har xil ko’rinishdagi so’rovlarini kayta ishlashni ta’minlashi kerak.