KORXONALARNING STRATEGIK RIVOJLANISHIDA TADBIRKORLIK TUZILMALARINING IQTISODIY BARQARORLIGI
Sultanova Anaxon Umirbek qizi
Toshkent moliya instituti
3- kurs MMT-85i guruh talabasi
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyotni barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda sanoatning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Shuningdek, sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari, buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi.
Sanoat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyosdir.
Ma’lumki, istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishilmoqda. Bunda sanoat sohasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar, yirik loyiha hamda dasturlarning amaliyotga tatbiq etilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 yanvarda Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, avvalambor sanoatda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash eng ustuvor vazifa sifatida ta’kidlangan edi. SHu ma’noda 2016 yil va keyingi yillarda mamlakatimizni istiqbolli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish, o‘z navbatida, mamlakatimizning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirishga olib keladi.
Bozor o‘zgarishlari jarayonlarining tahlili, islohotlar olib borilgan yillar mobaynida sanoatda sezilarli tarkibiy o‘zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi. Bu o‘zgarishlar avvalo, davlat mustaqilligi va dahlsizligini ta’minlashga, iqtisodiy, shu bilan bir qatorda energetika va oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashga, boy tabiiy iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan edi.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‘ining rivojlanishi natijalarining tahlili ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari bozor sharoitiga moslashganligini va davlat ko‘magi yordamida yuqori samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda sanoat rivojlanayotgan tarmoq hisoblanib, unda yuzdan ortiq sanoat mahsulotlariishlab chiqarilmoqda. Bunday ulkan ishlab chiqarish salohiyati mustaqillik yillarida tubdan o‘zgardi va ma’lum turdagi mahsulotlar bo‘yicha har qanday xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlarbilan bemalol raqobatlasha oladi. Ham ichki, ham tashqi bozorga asosiy sanoat mahsulotlariniishlab chiqarishda sanoat tarmoqlarida yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga erishildi. Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi.