1.1-jadval YAIM tarkibida sanoat va qishloq xo‘jaligining ulushi, (foiz hisobida)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2030*
|
Iqtisodiyot jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Sanoat
|
14,2
|
20,7
|
24,0
|
24,0
|
24,0
|
24,2
|
24,1
|
33,5
|
40
|
Qishloq xo‘jaligi
|
30,1
|
25,0
|
17,5
|
17,6
|
17,5
|
17,6
|
17,2
|
16,6
|
8-10
|
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar qupayishiga erishish uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4,8 foiz darajasida bo‘lishini ta’minlash zarur.
1.1-rasm. Respublika bo‘yicha yalpi ichki mahsulotda sanoat va qishloq xo‘jaligining ulushi1
1.1-rasmdan ko‘rish mumkinki yalpi ichki mahsulotda sanoat mahsulotlarining ulushi 2000 yilda 14.2% bo‘lsa 2015 yilga kelib 33.5 %ni tashkil etgan.
1991-2014 yillarda O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasidagi o‘zgarishlarning tahlili sanoat ishlab chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni ta’minlaydigan tarmoqlar yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotganligini va boshqa progressiv o‘zgarishlar ro‘y berayotganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi, nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustivor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuini shakllantirishdan iborat. Strategik yo‘nalish sanoatni eksportga yo‘naltirilgan tarkibini vujudga keltirish va eksportda xom- ashyoga nisbatan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ulushini oshirish hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish tayyor mahsulotlar eksportining barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda, hech shubhasiz, katta zamin tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: |