Algoritmik tillar va dasturlash



Yüklə 377,92 Kb.
səhifə2/8
tarix27.07.2023
ölçüsü377,92 Kb.
#137678
1   2   3   4   5   6   7   8
Jonibekov

Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirishga sharoit yaratildi.
Tashkilotlarda ishchilarga qulaylik yaratish uchun ma’lumotlarni va hisobotlarni elektron holatga o’tkazishdir.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Hodimlar haqida ma’lumot jamlovchi tizim va yanada optimallashtiruvchi , hodimlarhga hamda tashkilot rahbariga qulaylik yaratish ,modellari va texnologiyalarini to‘g‘ri tadbiq etish va maxsus ishlanmalar ishlab chiqish, namunalar taqdim etish va amaliyotga joriy etish.
Kurs ishning maqsadidan quyidagi vazifalari hal etish lozim deb hisoblandi:
- Hodimlar haqida ma’lumot jamlovchi tizimlaridan foydalanishning ayrim xususiyatlarini ochib berish;
- Hodimlar haqida ma’lumot jamlovchi tizim arxitekturasining tuzulishi va modellarining amaliyotda qo‘llash maqsadida ishlanmalar ishlab chiqish;
Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur tadqiqot ishi kirish, ikkita bob: nazariy ma’lumotlar hamda loyiha tavsifi keltirilgan, 5 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi, ishning ilmiyligi, tadqiqotning amaliy ahamiyati va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining tanlangan obektlar va tadqiqot usullari bo‘limida tadqiqot olib borilayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga tadqiqot ob’ektini o‘rganish usullari va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladigan qurilma va dasturiy ta’minotlar, ishni amalga oshirish usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi.
Tadqiqot ishning birinchi bobi “Axborot tizimlarini yaratishda berilganlar bazasidan foydalanish” berilganlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanish, loyiha uchun berilganlar bazasi serverlarini sozlash, axborot tizimlari uchun SQL standart so’rovlar tili ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishning ikkinchi bobida tashkilot hodimlar haqida ma’lumotlarni jamlovchi tizimidan foydalanishning amaliy asoslari, texnologiyalar, dasturiy ta’minot va ularning o’rni hamda tadqiqot ishida qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari hamda ilova keltirilgan.


Yüklə 377,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin